112-mashq. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni toping. Kitobning
inson hayotida tutgan o‘rni haqida o‘z fikrlaringizni bildiring.
Sen-la unut bo‘larmi dardu armonim,
Sen-la maqsad tomon aylayman shitob.
O‘zingsan chin do‘stim, eng qadrdonim,
Yostig‘im ostida uxlagan kitob. (Sitora Toshmatova)
113-mashq. Sh.Rahmatullayevning “O‘zbek tili omonimlarining izohli
lug‘ati” kitobida “bosh” so‘ziga berilgan ta’riflarni o‘qing, ular ishtirokida
gaplar tuzing, so‘z ma’nosining qaysi yo‘l bilan ko‘chirilayotganinii aniqlang.
BOSH
bosh I ot, 1. Organizmning bo‘yindan yuqori (old) qismi, kalla. Boshini
egmoq. 2. Miya. Boshi og‘rimoq. 3. Aql-idrok, fikrlash qobiliyati. Boshini
qotirmoq. 4. Rahbar, boshliq. Guruhga bosh bo‘lmoq. 5. Dona. 100 bosh qo‘y.
6. Bir bandga bilashuvchi bir qancha shingil. Bir bosh uzum. 7. Eng yuqori qism,
uch, cho‘qqi. Tog‘ning boshi. 8. Boshlanish nuqtasi. Ko‘chaning boshi.
bosh II sifat, 1. Eng oldingi, birinchi. Bosh bola. 2. Rahbarlik qiluvchi,
boshchilik qiluvchi. Bosh vrach. 3. Asosiy, muhim. Bosh masala. Katta. Bosh harf.
Do'stlaringiz bilan baham: |