5. Sinonimlarning turlari qaysilar?
121-mashq. Uyga vazifa. Qavs ichidan berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib
rivoyatni o‘qing va sinonim so‘zlarga izoh bering.
Qadimda bir (to‘da, guruh, gala) kishilar kemaga chiqib, (yiroq, olis, uzoq)
safarga otlanibdilar. Yo‘lning yarmiga yetganda, birdan kuchli (shabada, shamol,
bo‘ron) turib, kemani chayqaltira boshlabdi. Dovul borgan sari (zo‘rayib,
kuchayib, ) odamlarni vahimaga solibdi. Hamma yig‘lab Ollohga yolvoribdi.
Ittifoqo, kemada ko‘pni ko‘rgan bir (oqsoqol, qariya, mo‘ysafid) bor ekan. U
shunday debdi: – Birodarlar, (ichingizda, safingizda, orangizda) opa-singlisini
ko‘rgani ketayotganlar bormi? Shunda bir kishi: – Men singlimni ko‘rgani
ketyapman, – debdi. Donishmand chol: – Unday bo‘lsa, (xavotir olmanglar,
qo‘rqmanglar, tushkunlikka tushmanglar) bizni Olloh panohida asraydi, – debdi.
Chindan ham tez orada dovul tinib odamlar manzillariga (beshikast, sog‘-salomat,
eson-omon) yetib olibdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: