Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. ONA TILIDA SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
26-§. ONA TILIDA SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO
MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI HAQIDA MA’LUMOT. OMONIMLAR, ULARNING KO‘P MA’NOLI SO‘ZLARDAN (POLISEMANTIZMLARDAN) FARQI. Reja: 1. So‘zlarning shakl ma’no munosabatiga ko‘ra turlari haqida umumiy ma’lumot. 2. Omonim (shakldosh) so‘zlar va ularning yuzaga kelish sabablari. 3. Omonim (shakldosh) so‘zlarning turlari. Tayanch iboralar: shakldosh so‘zlar, ma’nodosh so‘zlar, zid ma’noli so‘zlar, paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, omoformalar, omograflar, omoformalar, tajnis, jinos. Topshiriq. O‘t, ot, yot, soz, qirq, yuz, uch so‘zlarini gaplar ichida qo‘llab ko‘ring. Ularning qanday ma’noda kelayotganini izohlang. So‘zlar o‘rtasida ikki xil: paradigmatik (o‘xshashlik) va sintagmatik (qo‘shnichilik) aloqalari mavjud bo‘ladi. Ulardan muomala-munosabatlarda paradigmatik aloqalar muhim o‘rin tutadi. Paradigmatik aloqalar so‘zlar o‘rtasidagi shakliy va ma’noviy o‘xshashliklarga asoslanadi. Bunda so‘zlarning ifoda va mazmun planida bir-biriga yaqin kelishi e’tiborga olinadi. Masalan, ot, uch, qirq, yon, o‘t, bor, ko‘k, palak kabi so‘zlar shakliy, ya’ni tovush tomonidan bir-biriga o‘xshab qolgan. Palak kashta turini va poliz mahsulotlarining o‘sib chiqish nuqtasini anglatadi; uch sonni anglatishi bilan birga biror jismning uch tomonini hamda harakatni ifodalaydi. Yoki tezlashmoq, jadallashmoq, kuchaymoq; yorug‘, yorqin, charog‘on, nurafshon; sekin, asta, ohista singari so‘zlarda ma’nodoshlik munosabati ko‘zga tashlanadi. Ulkan-mitti, katta-kichik, baland-past, issiq-sovuq, yoz-qish ko‘rinishidagi birliklarda zidlik munosabatini ko‘rishimiz mumkin. Shularga ko‘ra so‘zlar omonim, sinonim va antonimlar deb ataladigan guruhlarga ajratiladi. Omonimlar yunoncha homos – bir xil, onyma – ism so‘zlaridan olingan bo‘lib, aytilishi va yozilishi bir xil, lekin ma’nolari turlicha bo‘lgan, shakliy jihatdan aynan bir-biriga o‘xshab qolgan so‘zlardir. Ularga shakldosh so‘zlar ham deyiladi. Omonimlarning yuzaga kelishi uzoq davom etadigan jarayon sanaladi. Til taraqqiyoti yoki boshqa tillardan so‘z o‘zlashishi natijasida shakldosh so‘zlar paydo bo‘ladi. Masalan, quymoq (taom) va quymoq (harakat), o‘t (organizm) va o‘t (harakat), burun (oldin) va burun (geografik nom) so‘zlari til taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, quloq (ruscha kulak – musht so‘zidan olingan) so‘zi o‘zbek tiliga o‘zlashib, bosh qismimizdagi a’zo nomini anglatuvchi quloq so‘ziga shakldosh bo‘lib qoldi. Badiiy adabiyotda omonimlardan unumli foydalaniladi va tajnis san’ati asosida tuyuqlar yaratiladi. Masalan, Rustamjon Umarov qalamiga mansub ushbu tuyuqda o‘qi so‘zi bir xil aytiladi va yoziladi, ammo misralarda “zamin markazi”, “aylanib turuvchi joy”, “harakat qil”, “kamondan otilgan o‘q” ma’nolarida kelmoqda. Mehvar erur, bilib qo‘y, kurrai zamin o‘qi, Ona yer bir kitobdir, hamisha, har on o‘qi. Bilmi olmoq farz erur beshikdan qabrgacha, Shunda botmas tuproqqa jaholat yoyin o‘qi. Aytilishi, yozilishi hamda barcha grammatik formalari bir xil bo‘lgan omonim so‘zlar leksik omonimlar deyiladi. Leksik omonimlar bir xil so‘z turkumiga kirib, bir xil vazifadagi affikslarni qabul qiladi. Masalan, bog‘ (mevazor) – bog‘lar, bog‘i, bog‘ning, bog‘da, boqqa, bog‘dan; bog‘ (bog‘laydigan narsa, bog‘lashdan tug‘ilgan narsa – bug‘doy bog‘i) – bog‘lar, bog‘i, bog‘ning, bog‘ni, bog‘da, boqqa, bog‘dan. Shuningdek, qurt (ipak qurti) – qurt (suzma qurt), ot – (uy hayvoni) – ot (ism), chang (gard, to‘zon) – chang (urib chalinadigan muzika asbobi) kabi otlar, tortmoq (o‘lchamoq) – tortmoq (sudramoq, arqonni o‘ziga tortmoq), yozmoq (qalam bilan xat yozmoq ) – yozmoq (yoymoq), chopmoq (yugurmoq) – chopmoq (kesmoq) kabi fe’llar ham leksik omonimlardir. Ba’zi so‘zlarning ma’nolari har xil bo‘lgani holda aytilishi bir xil, ammo yozilishida bir oz farq bo‘lishi yoki ba’zi grammatik shakllarigina o‘xshash bo‘lsa ham, qolgan shakllari farqli bo‘lishi mumkin. Bunday so‘zlar uch xil nomlanadi: 1) omoshakllar; 2) omofonlar; 3) omograflar. Omoshakllar ma’nolari har xil bo‘lib, o‘zlarining ba’zi grammatik shakliga ko‘ra bir xil talaffuz qilinadigan va bir xil yoziladigan so‘z shakllaridir (ko‘zlar, bog‘lar, o‘qlar). Omofonlar aytilishi (o‘qilishi) bir xil bo‘lib, ma’nosi va yozilishi har xil bo‘lgan so‘z va so‘z shakllaridir. Omofonlar leksik omonimlar kabi faqat bir xil so‘z turkumiga xos bo‘lishi bilan birga, omoformalar kabi har xil so‘z turkumlariga yoki bir so‘z turkumining turli shakllariga oid bo‘lishi mumkin. Masalan, to‘n (kiyim) – ton (ovoz), yot (begona, buyruq fe’li) – yod (xotira) kabi. Omograflar yozilishi bir xil bo‘lib, ma’nosi va aytilishi (o‘qilishi) har xil bo‘lgan so‘z va so‘z formalaridir. Tort (son, qandolat turi), tok (uzum novdasi, elektronlar oqimi), to‘r (yuqori, parda) kabi so‘zlarni bunga misol qilib olish mumkin. Shuningdek, tilimizda aytilishi va yozilishi jihatidan bir-biriga yaqinlashib qolgan oxur – oxir – axir, adab – odob, sa’va – sava, da’vo – davo ko‘rinishidagi paronim so‘zlarga ham duch kelinadi. 103-mashq. Gaplarni ko‘chiring, ajratilgan so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qaysi turiga kirishini aniqlang. 1. O‘z gunohingni so‘rab eldan o‘tin, Nafrat o‘ti ichra bo‘lmasdan o‘tin. (Anbar Otin) 2. Chiroy go‘zal yuzda emas, chiroyli xulqda. (Xurramiy) 3. Dangasalik har vaqt insonni xor qiladi. (Abdulla Avloniy) 4. Boshga qilich kelsa ham tark etmasin or sizni, Qancha xushro‘y bo‘lmasin, mahram etmang orsizni. (Azim Suyun) Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling