115-mashq. Sh.Rahmatullayevning “O‘zbek tili omonimlarining izohli
lug‘uti” dan olingan so‘zlarning izohiga e’tibor berib ko‘ring.
YOSH I ot. Umrning yilma-yil hisobi. U mendan ikki yosh katta.
II sifat. Umrning vaqt (yil, oy, kun) hisobiga nisbatan olinadi. Yosh qiz. II ot.
Yig‘laganda, hayajonlanganda, shamollaganda ko‘zdan chiqadigan suyuqlik. Bir
tomchi yosh.
ZARANG I ot. Tanasi o‘ta darajada qattiq daraxt. II sifat. Juda qotib ketgan.
Zarang yer.
MUSHAK I ot Odam yoki hayvon tanasidagi qisqarish xususiyatiga ega
bo‘lgan to‘qimalar. Yelka mushagi. II ot Yonganida turli rang bilan yorug‘lik
sochib jilolanadigan buyum. Madaniyat va istirohat bog‘ida mushak otilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |