haqida bahslashing.
Atlas ko‘p qadimiy nafis matodir,
U sizdek suluvlar uchun atodir.
Sizlar kiyganingiz sho‘x qizil atlas,
Atlaslar ichida naq asl atlas.
Xosiyatxon atlas, ko‘rkam xonatlas,
Ta’rifi, tavsif bir jahon atlas.
Ko‘zlarni oladi uning yallig‘i,
Tovusdek tovlanib kiying xiromon,
Farg‘ona bog‘larin bor go‘zalligi
Unda namoyon.
Kelinlar uyida zar palagi ham,
Toshkent favvorasin kamalagi ham,
Pillakash juvonning ko‘k ipagi ham,
Yigitlar egnida yo‘l-yo‘l beqasam,
Hatto onalarning asl sarposi
Chiroyda yengolmas atlas libosin.
Do'stlaringiz bilan baham: |