Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. TERMIN VA TERMINOLOGIK LEKSIKA (ATAMALAR
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
32-§. TERMIN VA TERMINOLOGIK LEKSIKA (ATAMALAR
LEKSIKASI). JARGON VA ARGOLAR Reja: 1.Terminologiya haqida umumiy ma’lumot. 2.Terminga xos bo‘lgan belgilar. 3. O‘zbek terminologiyasi yangi bosqichda. 4.Argo va jargonlar haqida ma’lumot. Tayanch iboralar: termin, terminologiya, ilmiy-texnik terminlar, determinizatsiya, atama, atamashunoslik, argo, jargon. Topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qaysi sohaga taalluqli. Ularni qanday so‘zlar deb ataymiz. Mazkur so‘zlarning boshqa so‘zlardan farqli jihatlarini ayting. Ustyurt platosining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, uning chekka tomonlari tekisliklardan ko‘tarilib turadigan tik jarliklardan iborat bo‘lib, ular chinklar deb ataladi. Chinklar uchlamchi davrning ohaktoshlari, mergel, gillardan tuzilgan. Ilm-fan, texnika va san’at sohasida ishlatiladigan bir ma’noli so‘zlarga termin, uni o‘rganadigan tilshunoslik sohasiga terminologiya deyiladi. Ayrim manbalarda ular atama va atamashunoslik deb ham yuritiladi. Termin lotincha terminos – chegara, chek so‘zlaridan olingan bo‘lib, ilm-fan, texnika, san’at sohasida aniq tushunchani ifodalaydigan so‘z yoki turg‘un ibora sanaladi. Masalan: qofiya, turoq, vazn, erkin vazv, baromq vazni, nazm, nasr, dramaturgiya, komediya kabi leksemalar adabiyotshunoslikka oid terminlardir. Mazkur terminlardan adabiyot faniga aloqador shaxslar foydalanadi va ma’nosi ulardan boshqalarga tushunarsiz bo‘ladi. Yoki meditsinaga oid retsept, farmakologiya, xirurg, okulist, oftalmologiya, neyroxirurgiya; iqtisodiyotga taalluqli sarmoya, chakana savdo, ulgurji savdo, tovar, likvidlik, veksel, qimmatbaho qog‘ozlar, narx, daromad, pay, garov, sug‘urta, jamg‘arma kabi leksik birliklarni olib ko‘raylik. Ularning qo‘llanilishida ham chegara bor: mazkur leksemalar boshqa soha vakillari nutqida kam uchraydi. Ijtimoiy hayot tinimsiz rivojlanib, o‘zgarib borgani sari uning in’ikosi sifatida terminologiyada ham to‘xtovsiz yangiliklar sodir bo‘lib turadi. Aslida, terminlar hayotimizdagi eng so‘nggi yutuqlarni o‘zida aks ettirib boruvchi soha sanaladi. Masalan, kompyuter, dasturlash, provayder, monitor, diskovod, fleshka, disk, tarmoq, fayl, klaviatura, dasturlash, sichqoncha kabi axborot texnologiyalari bilan bog‘liq terminlarning o‘zbek tilida paydo bo‘lganiga uzoq bo‘lgani yo‘q. Terminlarning tilda paydo bo‘lishgi ikki xil usul yordamida amalga oshiriladi. 1. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri asl holatida tilga qabul qilinadi. Bunday terminlarning asosiy qismi rus va yevropa tillaridan o‘zlashgan. Masalan, ekologiyaga oid autekologiya, sinekologiya, demekologiya, eydekologiya, populyatsiya, ekosistema, poluekologiya, bioekologiya, geoekologiya, texnologiya, biofiltr, pestitsid kabi leksemalar o‘z holida qabul qilingan va ularning har biri muayyan ma’noga ega. Misol uchun autekologiya ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o‘zaro munosabatini, turlarning muhitga ko‘proq va uzviy moslashganligini; sinekologiya har xil sistemalar (populyatsiyalar, jamoalar va ekosistemalar) ning tuzilishini, xossalarini hamda ularning funksional prinsiplarini; demekologiya tur vakillari hosil qiladigan tabiiy populyatsiyalarning hosil bo‘lish shartlarini, ularning guruhlari ichki tuzilishlarini, son va sifatini, bir-birlari va muhit o‘rtasidagi munosabatlarni, eydekologiya turlarni jonli tabiatning tashkil bo‘lishidagi yuqori rivojlanish darajasi va biologik mikrosistemalarning tashkil qilishini o‘rganadi. 2. Terminlar boshqa tillardan aynan tarjima qilinadi, ularning o‘zbek tilidagi muqobillari topiladi. Bu usulga kalkalash deyiladi. Bunga burilish nuqtasi (tochka povorota), tayanch nuqtasi (tochka opori), tenglama (uravneniye), bo‘r davri (melovoy period), unli (glasniy), undosh (soglasniy), urg‘u (udareniye), aniqlovchi (opredeleniye), chaqiriluvchi (prizivnik) va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Terminlarning xalq tiliga o‘tib, ma’nolarining barchaga tushunarli bo‘lib ketishiga va terminlik bo‘yog‘ini yo‘qotishiga determinizatsiya hodisasi deyiladi. Masalan, paynet, monitor, diskovod, skaner, birja, barter, market, supermarket, uyali telefon, sichqoncha kabi so‘zlar dastlab tilimizda termin sifatida paydo bo‘lgan. Hozirda ular determinizatsiya hodisasiga uchragan va ma’nosi barchaga tushunarli bo‘lgan so‘zlarga aylangan. O‘ta tor doiradagi kasb-kor egalari, masalan, o‘g‘rilar, bosqinchilar kabi kimsalar tilida qo‘llaniladigan so‘z va iboralarga argo deyiladi. Ment (huquq- tartibot organi vakili), dum (kuzatuvchi), limon (million so‘m), bedana (to‘pponcha), ko‘k (dollar), paxan (boshliq) va shu kabilar. Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan dabdabali yoki yashirin “til”ga jargon deyiladi. Masalan, oftobi olam (podshoh), husni mutlaq (Xudo), bazmi jamshid, nishoni oliy shon (xat), yetti olamning sarvari (hukmdor) kabi dabdabali, hashamatli so‘zlar saroy ahliga mansub bo‘lsa, yakan (pul), qism (tushgan pulni bo‘lish), so‘kigan (shofyor), otar (to‘y, tantanalarga borish), kalonpo (boshliq) singari yashirin so‘zlar san’atkorlar tiliga mansub bo‘lgan jargonga xos so‘zlardir. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling