Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. HISSIY-TA’SIRIY JIHATDAN ONA TILI LEKSIKASI
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
35-§. HISSIY-TA’SIRIY JIHATDAN ONA TILI LEKSIKASI. UMUMISTE’MOLDAGI HISSIY-TA’SIRIY BO‘YOQDOR VA BO‘YOQSIZ SO‘ZLAR Reja: 1. Hissiy-ta’siriy jihatdan o‘zbek tili leksikasi haqida ma’lumot. 2. Uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar. 3. Uslubiy bo‘yoqsiz so‘zlar va ularning ishlatilish o‘rinlari. Tayanch iboralar: til uslublari, bo‘yoqdor so‘zlar, bo‘yoqsiz so‘zlar, ijobiy bo‘yoqdorlik, salbiy bo‘yoqdorlik. Topshiriq. Matnni o‘qing, hissiy-bo‘yoqdor so‘zlarni aniqlab, ularga izoh bering. Taksi ko‘cha eshigi oldida to‘xtab hovliga qadam qo‘yishlari bilan ularni birinchi bo‘lib ukasi Tolibjon qarshi oldi. Iye, akam! Akam keldilar!!! Aka-uka bir-birlarining bag‘rilariga otilishdi. Shu payt ichkari uydan onasi hovliqib chiqdi. Voy, Tolibjon, o‘zingmisan? Bo‘ylaringdan o‘rgilay! – onaizor ko‘zlarida yosh bilan farzandini bag‘riga bosdi. – Iye, ayajon, nimaga yig‘laysiz? Mana, eson-omon keldim-ku! – Tolibjon onasining yuzlarini siladi. (Nosir Zohid) Til obyektiv olamni o‘zida aynan aks ettirishidan tashqari insonlarga xos bo‘lgan his-tuyg‘ularni, ularning shodlik va quvonchlarini, qayg‘u va alamlarini ifodalaydi. Masalan, daraxt, barg, ildiz, meva, shox, ishlamoq, qizil, oq, ko‘k, katta, kichik, shirin, achchiq, go‘zal singari so‘zlarda olam va undagi unsurlar o‘z ifodasini topgan. Mazkur leksemalarda emotsional-ekspressivlik, hissiy kechinmalar kuzatilmaydi. Keltirilgan so‘zlar ichidan go‘zal so‘zini oladigan bo‘lsak, tasvirlanayotgan narsa yoki shaxsning xususiyatlaridagi o‘ziga xosliklar inobatga olinib, zebo, barno, huriliqo, pari, parivash, sohibjamol singari leksik birliklar qo‘llanilishi mumkin. Bu kabi leksik birliklarda qo‘shimcha ma’no, emotsional-ekspressivlik kuzatiladi. Shunga ko‘ra tildagi leksik birliklar ikkiga ajraladi: 1. Og‘zaki va yozma nutqqa xos bo‘lgan umumiste’moldagi leksika yoki neytral leksika. Mazkur leksikaga kirgan leksemalar kundalik hayotimizda faol qo‘llaniladigan, uslubiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lmagan, ta’sirchanligi meyor darajasida bo‘lgan odatdagi so‘zlar sanaladi. Masalan, Erkin Vohidov qalamiga mansub ushbu matnda qo‘llangan leksik birliklarga e’tibor berib ko‘rsak, ular ichidan so‘z, xayol, ko‘z, uz, el, omonat, bo‘l, chaq, yurak, ko‘k, oy singari so‘zlarning qo‘llanilishida yuqoridagi holatni kuzatamiz. So‘zni eshitamiz, so‘zlashni qotiramiz, uning mag‘zini chaqish esa aksar xayolimizga kelmaydi. “Ko‘z”, “Uz”, “El”, “Omonat”, “Bo‘l”, “Chaq”, “Yurak”, “Ko‘k”, “Oy” kabi so‘zlardan urchigan yangi so‘z, atamalar tarixi, tadqiqini o‘qish maroqli va huzurbaxsh. O‘zagi “chaq” so‘zi bilan bog‘liq yigirma besh so‘z, birikmani sanadim, oxiri “gugurt chaqish, so‘z mag‘zini chaqish, chaqchaqlashib olish” bilan tugaydi. Ana, tilimizning imkoniyatlariyu muallifning hafsalasi! 2. Uslubiy xoslangan leksika. Hissiy ta’sirchanligi yuqori, emotsional- ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor bo‘lgan so‘zlarga uslubiy xoslangan leksika deyiladi. Bu kabi so‘zlar og‘zaki va yozma nutqda ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. Solishtiring: Og‘zaki nutqda Yozma nutqda hazar qilmoq jirkanmoq birlashmoq jipslashmoq hunar kasb o‘rin makon arzimagan (kichik) juz’iy Og‘zaki nutqning uslubiy xoslangan leksikasi soddaligi, hammaga tushunarli bo‘lishi bilan yozma nutqdagi so‘zlardan ajralib turadi. Og‘zaki nutqda uslubiy bo‘yoqdor ko‘p ishlatilganidan, unda soddalik, ta’sirchanlik, ba’zan esa erkinlik sezilib turadi. Og‘zaki nutq leksikasida kuchli emotsionallik va obrazlilikka boy bo‘lgan maxsus emotsional-ta’sirchan so‘zlar zaxirasi mavjud. Emotsional-ekspressiv so‘zlarga asosiy ma’nosi emotsiya, his-hayajon, ruhiy kechinmalar yoki turli tovush va harakatlarni, narsa va hodisalarning noodatiy ko‘rinishlarini ifodalovchi ta’sirchan so‘zlar kiradi. Bunday xususiyat undovlarga va shulardan yasalgan leksik birliklar xos: oh, eh, uh, ey, iye, uf, be, obbo, dod, voy, dodlamoq, voy- voylamoq, uxlamoq kabi. Shuningdek, taqlidiy so‘zlar va ular asosida yasalgan so‘zlarda ham emotsional-ekspressivlik kuchli bo‘ladi: bilch-bilch, vish-vish, qars- qurs, g‘arch-g‘urch, vang, tars-turs, lip, lang, pir-pir, gup-gup, apil-tapil, vishillamoq, lipillamoq, g‘archillamoq, g‘irchillamoq, vangillamoq, lapanglamoq, alanglamoq va shu kabi. Uslubiy xoslangan leksikani hosil qilishda ma’nodosh so‘zlarning o‘rni katta. Ulardan narsa va hodisalarga xos bo‘lgan holatlarni ifodalashda unumli foydalaniladi. Masalan, so‘zlamoq, gapirmoq leksemalarida uslubiy bo‘yoq sezilmaydi, ammo pichirlamoq, shivirlamoq, chug‘urlamoq, vaysamoq, javramoq, akillamoq, arillamoq, og‘zidan bol tommoq, nutq irod qilmoq, chakagi tinmaslik singari so‘zlar orqali uslubiy rang-baranglik yuzaga chiqariladi. Uslubiy bo‘yoqdorlik iki xil ko‘rinishda: ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Rasmiy uslub, ilmiy-texnikaviy terminologiya, tarixiy so‘zlarda, kasb- hunarga oid so‘zlarda emotsinal-ekspressiv bo‘yoqdorlik bo‘lmaydi. Aksincha, og‘zaki so‘zlashuv uslubi, poetik uslub bo‘yoqdorlikka boy bo‘ladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling