ISHBILARMON Ishning ko‘zini biladigan, ko‘p ishga aqli yetib
uddalaydigan.
MAKLER [nemischa. makler –vositachi, dallol] Fond, tovar va valyuta
birjalarida tuziladigan kelishuvlarda dallol; pulli vositachilik xizmatlarini amalga
oshiruvchi ishbilarmon.
TADBIRKOR [arabcha+forscha-tojikcha – tadbir qiluvchi, tadbir izlovchi] 1
Tadbirli. 2 Ishlab chiqarishni yoki boshqa faoliyatni tashkil etuvchi,
moliyalashtiruvchi, tijorat yoki sanoat korxonasini foyda olish maqsadida
boshqaruvchi shaxs, mulkdor.
EYFORIYA [yunoncha. euphoriya < eu – yaxshi + phoriya – boshdan
kechiraman, o‘tkazaman] Obyektiv holat bilan bog‘liq bo‘lmagan dimog‘chog‘lik,
o‘z-o‘zidan, g‘ayriixtiyoriy ko‘tarinki xursand holat
ERUDITSIYA [lotincha. yerudition – o‘qimishlilik, bilimdonlik; bilim,
ma’lumot] Biror sohada keng ma’lumotga egalik, bilimdonlik. Ochilning nutqi,
eruditsiyasi yaxshi edi. (P.Qodirov)
EKSTREMIZM [lotincha. extremus – eng oxirgi; o‘taketgan, ashaddiy;
keskin] Siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda usullar bilan yo‘l tutuishga,
keskin choralar ko‘rishga tarafdorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |