Djurabayeva Z. A. Ona tili


-mashq.  Uyga  vazifa.  Alisher  Navoiy  qalamiga  mansub  satrlarni


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

145-mashq.  Uyga  vazifa.  Alisher  Navoiy  qalamiga  mansub  satrlarni 
yodlang, ularda ishlatilgan so‘zlarni faol va nofaol so‘zlarga ajrating.  
 
Jahl ahli birla kimgaki ulfat bo‘lg‘ay, 
Ul ulfati ichra yuz ming kulfat bo‘lg‘ay. 
Faqir ahli bila angaki suhbat bo‘lg‘ay, 
Shak yo‘qki, ziyoda shuki ne’mat bo‘lg‘ay. 
 
 34-§. NEOLOGIZMLAR (YANGI PAYDO BO‘LGAN SO‘ZLAR)  
 
Reja: 
1. Neologizmlar haqida umumiy ma’lumot. 
2. Leksik neologizmlar.  
3. Semantik  neologizmlar. 
 
Tayanch iboralar:   yangi paydo bo‘lgan  so‘zlar, neologizmlar,     kalkalash, 
leksik neologizmlar, semantik neologizmlar.  
 
Topshiriq.  Gapni  o‘qing,  yangi  paydo  bo‘lgan  so‘zlarni  aniqlab,  ularni 
izohlang. 
 
Pediatr ko‘rigidan tashqari bolalar nevrolog, otolaringolog, okulist ko‘rigidan  
o‘tkazildi.    
 


Insoniyatning hayoti har kuni yangilanishlar bilan kechadi. Ayniqsa, bugungi 
globallashuv  jarayonlarida  insonlarning  hayot  tarzi  yanada  tezlashib  ketdi. 
Dunyoning  narigi  nuqtasida  sodir  bo‘lgan  voqea  va  hodisa  haqidagi  xabar  hech 
qancha  vaqt  o‘tmasdan  bu  chekkasiga  yetib  kelmoqda.  Zamon  yashin  tezligida 
o‘zgarib  bormoqda.  Bu  yangilanishlar,  o‘zgarishlar  ijtimoiy  hayotning  yorqin 
ko‘zgusi bo‘lgan tilda o‘z aksini topib bormoqda. Bundan 20-25 yil ilgari tilimizda 
yangi  paydo  bo‘lgan  marketing,  lizing,  fermer,  reyting,  market,  supermarket, 
paynet,  bakalavr,  magistr  kabi  so‘zlarni  ishlatishga  hadiksirab  qaragan  edik. 
Ishbilarmon,  vazir,  hokim,  viloyat,  dasturlash,  tadbirkor,  fermer,  tuman  singari 
so‘zlarni ishlatishda ham ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rgandik. Hayot taqozesi bilan 
mazkur so‘zlarning barchasi tilimizda mustahkam o‘rin egallab qoldi.  
Tilda yangi paydo bo‘lgan, yangilik bo‘yog‘i yaqqol sezilib turgan so‘zlarga 
neologizm deyiladi.   
Neologizm yunoncha neos – yangi, logos – so‘z dan olingan bo‘lib,  jamiyat 
taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo bo‘lgan yangi narsa va hodisalarni 
ifodalovchi leksik birliklar sanaladi.  
Noyelogizmlar  zamon  talabi  tilga  bilan  kirib  keladi.  Masalan,  internet, 
noutbuk,  reyting,  fleshka,  bakalavr,  bakalariat,  magistr,  magistratura,  veb-sayt,  
kabi  leksemalarning  o‘zbek  tiliga  o‘zlashishi  hayotimizdagi  o‘zgarishlar  bilan 
birga  kechdi.  Bugungi  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy-ma’rifiy 
hayotimizdagi  har  bir  o‘zgarish  tilimizga  o‘nlab  yangi  birliklarni  olib  kirmoqda. 
Birgina O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 
“O‘zbekiston  Respublikasi  tovar-xom  ashyo  birjasida  boshlang‘ich  narxni 
pasaytirish yuzasidan elektron auksion savdolarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi 
to‘g‘risida  Nizom”  olib  ko‘raylik.  Mazkur  Nizomda  qo‘llangan  maxsus  axborot 
portali  (birjaning  buyurtmachilarning  elektron  auksion  savdolar  o‘tkazish 
to‘g‘risidagi  e’lonlari  va  xarid  qatnashchilari  uchun  zarur  bo‘lgan  boshqa 
axborot  joylashtirilishi  va  ko‘zdan  kechirilishini  ta’minlaydigan  maxsus  sayti), 
buyurtmachi  (elektron  auksion  savdoda  tovar  yoki  ishlar,  xizmatlarni  xarid 
qiluvchi  yuridik  yoki  jismoniy  shaxs),  patronat  (oila  tarbiyasi),  elektron  auksion 
savdolar, hisob-kitob kliring palatasi, elektron tizim, avans to‘lovi, lotlar ro‘yxati, 
bo‘lib  o‘tmagan  bitimlar  reyestri,  personal  kabinet  kabi  birliklar  o‘zbek  tilining 
kelajak uslubi, til yangiliklari sanaladi.   
Neologizmlar dastlab paydo bo‘lgan vaqtlarda ularda yangilik bo‘yog‘i sezilib 
turadi, vaqt o‘tgach, bu xususiyat yo‘qolib, ular umumxalq so‘zlari qatoridan joy 
oladi.  Lekin,  neologizmlarning  hammasi  ham  bu  kabi  xususiyatlarga  ega 
bo‘lavermaydi.  Yangi  paydo  bo‘lgan  so‘zlarning  ko‘pchiligi  iste’mol  doirasiga 
ko‘ra  chegaralangan  leksika  tarkibidan  chetga  chiqib  keta  olmaydi.  Masalan, 
hozirgi  bosqichda  o‘zbek  tilida  keng  iste’molda  bo‘lgan  globallashuv, 
diversifikatsiya,  veb-sahifa,  diniy  bag‘rikenglik  (tolerantlik),  investor,  ipoteka 
kreditlari,  konfessiya,  mediatsiya,  petitsiya,  separatizm,  texnopark,  terrorizm, 
ekstremizm kabi so‘zlarning ma’nosini xalqimiz to‘la tushunadi deb bo‘lmaydi.  
Masalan,  diniy  bag‘rikenglik  (tolerantlik)  leksemasi  turli  din  vakillarining 
e’tiqodidagi  mavjud  farqlardan  qat’i  nazar,  yonma-yon,  o‘zaro  tinch-totuvlikda, 
hamjihatlikda,  bir-birlarining  diniga  hurmat  ruhida  yashashini  ifodalasa,  petitsiya 
so‘zi  davlat  hokimiyati  organlariga  yoki  mahalliy  organlarga  yuborilgan  yozma 
shakldagi jamoaviy murojaat shaklini anglatadi.  


Neologizmlarning tilga o‘zlashishi ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi:                    
1.  Tashqi  imkoniyat  asosida,  boshqa  tillardan  so‘z  o‘zlashtiriladi.  Misollar: 
audit,  marketing,  menejment,  bakalavr,  magistr,  bakalavriat,  magistratura,  test, 
adyunktura, eksternat, akkreditatsiya, sertifikat, integratsiyalash,  reyting kabi. 
2.  Ichki  imkoniyat  asosida,  tilda  oldindan  mavjud  bo‘lgan  so‘zlar  yangi 
ma’noda  qo‘llaniladi.  Bunga  dastur,  murabbiy,  layoqat,  yo‘riqnoma,  homiylik, 
vasiylik,  ixtiyoriylik,  raqobatbardosh,  majburiylik,  sohalashtirish,  moliyalash,  
uzviylik,  uzluksizlik, DTS kabi so‘zlarni misol qilib keltirish mumkin. Uzoq davrlar 
mobaynida  bu  kabi  ichki  imkoniyatlarimizga  e’tiborsizlik  bilan  munosabatda 
bo‘lindi. Misol uchun uzviylik degan so‘zni olib ko‘raylik. 1981-yili nashr etilgan 
“O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati”,  hatto  2005-2008  yillarda  chop  etilgan  5  tomlik 
“O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati”da  ham  mazkur  so‘zga  joy  ajratilmagan.  Holbuki, 
uzviylik  bilan  bir  qatorda  tilimizda  izchillik,  homiylik,  vasiylik,  sohalashtirish, 
iste’molchi,  buyurtmachi  singari  ichki  imkoniyatlarimiz  asosida  yuzaga  kelgan 
ko‘plab  so‘zlarning  qo‘llanilishi  o‘zbek  tilining  dunyodagi  eng  boy  tillardan  biri 
ekanligini ko‘rsatib turibdi.  
Neologizmlarning  paydo  bo‘lishida  aralash  usullar  ham  ko‘zga  tashlanadi. 
Ularni shardli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.  
a) har ikki qismi o‘z qatlamga oid so‘zlardan tashkil topgan leksik birliklar: 
ta’lim  mazmuni,  ta’lim  samaradorligi,  o‘quv  dasturi,  o‘quv  qo‘llanmasi,  ta’lim 
tizimi,  vasiylik  kengashi,  xalqaro  hamkorlik,  tarmoq  dasturi,  tabaqalashtirilgan 
yondashuv,  mulk  shakli,  bozor  iqtisodiyoti,  huquqiy  bilim,  iqtisodiy  bilim,  o‘rta 
pog‘ona, umumta’lim maktabi, uzluksiz ta’lim, malaka oshirish, qayta tayyorlash, 
aqliy  hujum,  joriy  nazorat,  oraliq  nazorat,  yakuniy  nazorat,  masofaviy  o‘qitish, 
tabaqalashtiirilgan  yondashuv,  tarmoq  dasturi,  namunaviy  dastur,  ishchi  dasturi, 
o‘rta pog‘ona kabi.  
b)  o‘z  va  o‘zlashgan  qalamga  oid  so‘zlardan  tashkil  topgan  leksik  birliklar: 
davlat attestatsiyasi, xorijiy ekspert, hamkorlik  pedagogikasi, yetuk  kadr, xalqaro 
donorlik,  davlat  granti,  ijtimoiy  psixologiya,  kasb-hunar  kolleji,axborot 
texnologiyalari, moddiy baza kabi.  
b) o‘zlashgan va o‘z qatlamga oid so‘zlardan tashkil topgan leksik birliklar: 
elektron darslik, virtual kutubxona, reyting ishlanmasi kabi. 
g)  har  ikki  qismi  o‘zlashgan  qatlamga  oid  so‘zlardan  tashkil  topgan  leksik 
birliklar:  magistrlik  dissertatsiyasi,  akademik  litsey,texnologik  karta,kompyuter 
texnologiyasi, interfoal ta’lim  va shu kabi. 
Umuman  olganda,  har  bir  til  taraqqiyotdan  chetda  turmaydi  Unda  tinimsiz 
ravishda  yangilanishlar,  evrilishlar  bo‘lib  turadi.  Eng  muhimi,  mana  shu 
o‘zgarishlar davrida tilda paydo bo‘lgan yangi so‘zlar ustida jiddiy bosh qotirish, 
ular  misolida  ona  tili  ravnaqi,  kelajagi  uchun  kurashish,  sha’nini  himoya  qilish 
zarur.  Shundagina  biz  o‘zimizning  til  oldidagi  qarzimizni  uzgan,  vazifamizni 
bajargan  bo‘lamiz.  Aks  holda  ona  tili  tanazzulga  yuz  tutishi,  yo‘qolishi  aniq. 
Bunday xatoni esa kelajak avlod aslo kechirmaydi.     
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling