Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. ONA TILINING NOFAOL LEKSIKASI. ESKIRGAN SO‘ZLAR
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
33-§. ONA TILINING NOFAOL LEKSIKASI. ESKIRGAN SO‘ZLAR Reja: 1. O‘zbek tilining faol leksikasi haqida ma’lumot. 2. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar (neologizmlar) 3. Eskirgan so‘zlar haqida ma’lumot. 4. Istorizm va arxaizmlar. Tayanch iboralar: faol leksika, nofaol leksika, eskirgan so‘zlar, tarixiy so‘zlar, istorizmlar, arxaizmlar, neologizmlar, yangi paydo bo‘lgan so‘zlar. Topshiriq. Matnni o‘qib, so‘zlarni faol va nofaol leksemalarga ajrating. Eshon kuldi: – Tishi og‘ribdimi? – dedi. – Bay-bay! Tish og‘rig‘i yomon narsa. Boring, ayting: kapponning burchagidagi sartaroshga borsin, ombir solib darrov olib tashlaydi. (Abdulhamid Cho‘lpon) Til o‘ziga xos murakkab ko‘rinishdagi ijtimoiy hodisa sifatida doimiy o‘zgarishda bo‘ladi. Uning lug‘at jamg‘armasi muttasil ravishda yangilanib boradi. Tilga so‘zlar kirib-chiqib turadi. Ba’zi bir so‘zlar asrlar o‘tsa ham o‘zining mavqeini yo‘qotmaydi, barchaga tushunarli va faol bo‘ladi. Masalan, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida keltirilgan uzum, oq, oz, tuman, kirpi, qamchi, qush kabi so‘zlar hozirgi kunda ham o‘z ma’nolarida qo‘llanmoqda, lekin alin – peshona, manglay, bilga – oqil, aqlli, azaq – oyoq, uma – ona, churak – kulcha, burchaq – loviya, o‘tuk – ertak kabi leksemalar o‘z o‘rnini boshqa leksik birliklarga bo‘shatib bergan. Demak, leksemalar zamonaviyligiga ko‘ra bir-biridan farqlanadigan ikki guruhga ajraladi. 1. Zamonaviy qatlam. Mazkur qatlamga oid so‘zlarning ma’nosi barchaga tushunarli bo‘ladi va tilda faol qatlam sanaladi. Daryo, suv, tog‘, , or, nomus, hayo, ibo, men, sen, u, biz, yashil, sariq, kelmoq, bajarmoq, turmoq, hech kim, erlab, kechqurun kabi so‘zlar zamonaviy qatlamga oid so‘zlar sanaladi. 2.Eskirgan qatlam. Mazkur qatlamga mansub so‘zlarda eskilik bo‘yog‘i mavjud bo‘ladi. Ularning ishlatilishida passivlik ko‘zga tashlanadi, ma’nosi zamonaviylik nuqtai nazaridan til sohiblariga tushunarsiz bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiy asarlarida qo‘llangan sabuh (tong), uzor (yuz), nosih (nasihat qiluvchi), saloh (yaxshilik, foyda, naf), dayr (butxona), ofiyat (tinchlik), takovar (tez yuradigan, yo‘rg‘a ot); ganj (xazina), barq (chaqmoq), xirqat (issiqlik), nazzora (qarash, tomosha qilish), gard (tuproq) singari leksik birliklarning qo‘llanilish doirasi toraygan yoki ularning ayrimlari umuman hozirda ishlatilmay qo‘ygan. Eskirgan so‘zlar ikki gruppaga ajratiladi: 1. Arxaizm yunoncha archaios – qadimgi so‘zidan olingan bo‘lib, hayotdan butunlay chiqib ketmagan narsa-hodisalarning nomini bildiruvchi, eskilik bo‘yog‘i bilinib turgan, o‘z o‘rnini boshqa leksik birlikka bo‘shatib bergan so‘zlar sanaladi. Masalan, ulus (xalq), qursoq (qorin), aqcha (pul), ochun (dunyo), qut (baxt), bilik (bilim), cherik (qo‘shin), qapu (eshik), gesu (soch) kabi so‘zlar arxaik so‘zlar sanaladi. Arxaizmlar jamiyatning rivojlanishi, taraqqiy etishi jarayonida tilning ichki qonuniyatlari asosida yuzaga keladi. Ularning qo‘llanilishini jamiyat rivoji bilan bog‘lash zarur. Masalan, o‘rta asrlarda ulus tilimizda faol ishlatilgan. Insonlarning jipslashishi, ilm-fan, din tili sifatida arab tili mavqeining o‘sib borishi natijasida ulus so‘zi o‘z o‘rnini xalq so‘ziga bo‘shatib berdi. Demak, arxaizm mavjud bo‘lgan narsa-hodisalarning nomi sifatida tasvirlanayotgan davr lug‘atiga xos bo‘ladi va bugungi kunda uning o‘rnida qo‘llanilayotgan leksemaga nisbatan uslubiy sinonim bo‘ladi. Tarixiy asarlarni tasvirlayotganda birinchi planga chiqib qoladi. 2. Istorizm yunoncha historia – tekshirish, tadqiqot so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘tmishda mavjud bo‘lgan, lekin davr taqozesi bilan hozirda yo‘q bo‘lib ketgan narsa-hodisalarning nomini bildiruvchi leksik birlik sanaladi. Kunda, mingboshi, sipohsalor, quldor, qutidor, dubulg‘a, to‘qsabo singari leksik birliklardan bugungi kunda umuman foydalanmay qo‘yganmiz. Ularda eskilik bo‘yog‘i yaqqol sezilib turadi. Arxaizm va istorizmlardan tarixni jonlantirishda, tarixga oid ilmiy-badiiy, publitsistik asarlar yaratishda unumli foydalaniladi. Masalan, P.Qodirov “Yulduzli tunlar” romanini yaratishda “Boburnoma” qo‘llangan yadachi, qushchi, oftobachi, mirzozoda, tarxon, o‘g‘loqchi, o‘rda, o‘lang, vaqf, chuhra, shikor singari leksik birliklardan samarali foydalangan. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling