Djurabayeva Z. A. Ona tili


-§. ONA TILINING NOFAOL LEKSIKASI. ESKIRGAN SO‘ZLAR


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

 
33-§. ONA TILINING NOFAOL LEKSIKASI. ESKIRGAN SO‘ZLAR   
 
Reja: 
1. O‘zbek tilining faol leksikasi haqida ma’lumot. 
2. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar (neologizmlar) 
3. Eskirgan so‘zlar haqida ma’lumot. 
4.  Istorizm va arxaizmlar.  
 
Tayanch  iboralar:    faol  leksika,  nofaol  leksika,  eskirgan  so‘zlar,  tarixiy 
so‘zlar, istorizmlar, arxaizmlar, neologizmlar, yangi paydo bo‘lgan so‘zlar.  
 
Topshiriq. Matnni o‘qib, so‘zlarni faol va nofaol leksemalarga ajrating. 
 
Eshon  kuldi:    –  Tishi  og‘ribdimi?  –  dedi.  –  Bay-bay!  Tish  og‘rig‘i  yomon 
narsa.  Boring,  ayting:  kapponning  burchagidagi  sartaroshga  borsin,  ombir  solib 
darrov olib tashlaydi. (Abdulhamid Cho‘lpon)   
 
Til  o‘ziga  xos  murakkab  ko‘rinishdagi  ijtimoiy  hodisa  sifatida  doimiy 
o‘zgarishda  bo‘ladi.    Uning  lug‘at  jamg‘armasi  muttasil  ravishda  yangilanib 
boradi. Tilga so‘zlar kirib-chiqib turadi. Ba’zi bir so‘zlar asrlar o‘tsa ham o‘zining 
mavqeini  yo‘qotmaydi,  barchaga  tushunarli  va  faol  bo‘ladi.  Masalan,  Mahmud 
Koshg‘ariyning  “Devonu  lug‘otit-turk”  asarida  keltirilgan  uzum,  oq,  oz,  tuman, 
kirpi, qamchi, qush kabi so‘zlar hozirgi kunda ham o‘z ma’nolarida qo‘llanmoqda, 
lekin alin – peshona, manglay, bilga – oqil, aqlli, azaq – oyoq, uma – ona, churak 
– kulcha, burchaq – loviya, o‘tuk – ertak kabi leksemalar o‘z o‘rnini boshqa leksik 
birliklarga bo‘shatib bergan.  Demak, leksemalar zamonaviyligiga ko‘ra bir-biridan 
farqlanadigan ikki guruhga ajraladi. 
1.  Zamonaviy  qatlam.  Mazkur  qatlamga  oid  so‘zlarning  ma’nosi  barchaga 
tushunarli bo‘ladi va tilda faol qatlam sanaladi. Daryo, suv, tog‘, , or, nomus, hayo, 
ibo,  men,  sen,  u,  biz,  yashil,  sariq,  kelmoq,  bajarmoq,  turmoq,  hech  kim,  erlab, 
kechqurun  kabi so‘zlar zamonaviy qatlamga oid so‘zlar sanaladi.  
2.Eskirgan  qatlam.  Mazkur  qatlamga  mansub  so‘zlarda  eskilik  bo‘yog‘i 
mavjud  bo‘ladi.  Ularning  ishlatilishida  passivlik  ko‘zga  tashlanadi,  ma’nosi 
zamonaviylik nuqtai nazaridan til sohiblariga tushunarsiz bo‘ladi. Masalan, Alisher 
Navoiy  asarlarida  qo‘llangan  sabuh  (tong),  uzor  (yuz),  nosih  (nasihat  qiluvchi), 
saloh  (yaxshilik,  foyda,  naf),  dayr  (butxona),  ofiyat  (tinchlik),  takovar  (tez 
yuradigan,  yo‘rg‘a  ot);  ganj  (xazina),  barq  (chaqmoq),  xirqat  (issiqlik),  nazzora 


(qarash,  tomosha  qilish),  gard  (tuproq)  singari  leksik  birliklarning  qo‘llanilish 
doirasi toraygan yoki ularning ayrimlari umuman hozirda ishlatilmay qo‘ygan.  
Eskirgan so‘zlar ikki gruppaga ajratiladi:  
1.  Arxaizm  yunoncha  archaios  –  qadimgi  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  hayotdan 
butunlay chiqib ketmagan narsa-hodisalarning nomini bildiruvchi, eskilik bo‘yog‘i 
bilinib turgan, o‘z o‘rnini boshqa leksik birlikka bo‘shatib bergan so‘zlar sanaladi. 
Masalan, ulus (xalq), qursoq (qorin), aqcha (pul), ochun (dunyo), qut (baxt), bilik 
(bilim),  cherik  (qo‘shin),  qapu  (eshik),  gesu  (soch)  kabi  so‘zlar  arxaik  so‘zlar 
sanaladi.  Arxaizmlar  jamiyatning  rivojlanishi,  taraqqiy  etishi  jarayonida  tilning 
ichki  qonuniyatlari  asosida  yuzaga  keladi.  Ularning  qo‘llanilishini  jamiyat  rivoji 
bilan  bog‘lash  zarur.  Masalan,  o‘rta  asrlarda  ulus  tilimizda  faol  ishlatilgan. 
Insonlarning jipslashishi, ilm-fan, din tili sifatida arab tili mavqeining o‘sib borishi 
natijasida  ulus  so‘zi  o‘z  o‘rnini  xalq  so‘ziga  bo‘shatib  berdi.  Demak,  arxaizm 
mavjud  bo‘lgan  narsa-hodisalarning  nomi  sifatida  tasvirlanayotgan  davr  lug‘atiga 
xos bo‘ladi va bugungi kunda uning o‘rnida qo‘llanilayotgan leksemaga nisbatan 
uslubiy sinonim bo‘ladi. Tarixiy asarlarni tasvirlayotganda birinchi planga chiqib 
qoladi.      
2.  Istorizm    yunoncha  historia  –  tekshirish,  tadqiqot  so‘zlaridan  olingan 
bo‘lib,  o‘tmishda  mavjud  bo‘lgan,  lekin  davr  taqozesi  bilan  hozirda  yo‘q  bo‘lib 
ketgan  narsa-hodisalarning  nomini  bildiruvchi  leksik  birlik  sanaladi.  Kunda, 
mingboshi,  sipohsalor,  quldor,  qutidor,  dubulg‘a,  to‘qsabo  singari  leksik 
birliklardan  bugungi  kunda  umuman  foydalanmay  qo‘yganmiz.  Ularda  eskilik 
bo‘yog‘i yaqqol sezilib turadi.  
Arxaizm  va  istorizmlardan  tarixni  jonlantirishda,  tarixga  oid  ilmiy-badiiy, 
publitsistik asarlar yaratishda unumli foydalaniladi.   
Masalan,  P.Qodirov  “Yulduzli  tunlar”  romanini  yaratishda  “Boburnoma” 
qo‘llangan  yadachi,  qushchi,  oftobachi,  mirzozoda,  tarxon,  o‘g‘loqchi,  o‘rda, 
o‘lang, vaqf, chuhra, shikor singari leksik birliklardan samarali foydalangan. 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling