139-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni gap ichida qo‘llab ko‘ring va
qaysi sohaga oid terminlar ekanligini aniqlang.
GLOSSARIY [ lotincha glossarium – eskirgan, dialektal, yoki kam
qo‘llaniladigan so‘zlar lug‘ati] tilshunoslikka oid turmin. Biror qadimiy asarda
uchraydigan eskirgan va kam qo‘llaniladigan so‘zlarning izohli lug‘ati.
IPOTEKA [yunoncha hypotheke – garov] iqtisodga oid termin. Ko‘chmas
mulkni garovga qo‘yish asosida beriladigan uzoq muddatli qarz; ushbu qarzni
ta’minlashga xizmat qiluvchi garov.
ERUDITSIYA [ lotincha eruditio – o‘qimishlilik, bilimdonlik; bilim,
ma’lumot] Biror sohada keng ma’lumotga egalik, bilimdonlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |