138-mashq. Matnni o‘qing, yana qanday uzum navlarini bilasiz? Shu
haqda bahslashing. Bog‘dorchilikkka oid so‘zlarga misollar keltiring.
Har yili dunyoning turli shaharlarida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan
“Uzumning oltin shingillari” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistonda yetishtirilgan
uzumlarga yuqori baho berilmoqda. Xalqaro anjumanda yurtimiz bog‘bonlari
tomonidan taqdim etilayotgan “Oq husayni”, “Andijon qora”, “Ketmon sopi”,
“Rizamat ota”, “Nimrang kishmish”, “Kelinchak barmoq” singari sarxil uzum
navlari oliy o‘rinlarga munosib deb topilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |