147-mashq. Quyida berilgan so‘zlarning izohlariga e’tibor bering.
Ularning o‘zbek tilida paydo bo‘lish sabablarini aniqlang.
BARTER [inglizcha. barter – tovar ayirboshlash] Pul mablag‘lari
ishtirokisiz bevosita tovarga ayirboshlash va shu haqdagi shartnoma.
BRIFING [inglizcha. briefing – yo‘l-yo‘riq < brief – qisqa, qisqacha xulosa]
Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtai
nazar bildirish yoki rasmiy xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi
uchrashuvi.
BROKER [inglizcha. broker – o‘rtada turib vositachilik qiluvchi, dallol,
makler] Tovar, volyuta, savdo birjalarida oldi-sotdi bitimlari tuzishda vositachilik
(dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma.
Do'stlaringiz bilan baham: |