Kim hamma narsani qirib tashlayapti?! Buncha bidirlaysan sen jinqarcha!?
Oldinam biron marta ko‘ruvdingmi meni bu yerda?!
Siz bir marta kelsangiz, bu kishi bir marta, yana kimdir, ishqilib hamma bir
martadan kelib ov qilaversa, bu yerda jonivor qoladimi?! Bu voqeaga yigirma yil
bo‘ldi... Hozir u bog‘laru to‘qayzorlar yo‘q. Yovvoyi quyonu tustovuqlarni
Mingbuloq bolalari hatto tanimaydilar. Ikki jo‘ra bolalik yillarini eslab
qolishganda, o‘sha voqea damba-dam yodiga tushaveradi. Bog‘-rog‘lar, tokzorlar,
to‘qayzorlar yo‘q bo‘lib, hayvonlaru parrandalar qirilib ketishiga o‘sha Kamol
do‘xtir, brigadiru militsioner, shularga o‘xshash kimsalar sababchi bo‘lib
ko‘rinaveradi ularga. Yana kim biladi deysiz...
(M.Hazratqulov)
Do'stlaringiz bilan baham: