151-mashq. Matnni o‘qing, unga ijobiy bo‘yoqdorlik baxsh etayotgan
so‘zlarni aniqlang.
Ko‘klam rangi tiniq, toza. Ayniqsa, sharros yomg‘irdan so‘ng butun borliq
nurafshon yog‘duga cho‘madi. Kishi qalbiga orom berib, uni entiktiruvchi rangalar
o‘yini – kamalak ta’rifiga so‘z ojiz. Maysalar uchida ilinib-ilinib turgan tomchilar
oftobda marvarid yanlig‘ yaltiraydi. Qizg‘aldoqlar cho‘g‘day yonadi. Dov-
daraxtlar atrofini rango-rang gulbarglar qoplaydi...
Ko‘kda parqu-parqu bulutlar. Uzoqda hali qori erib ulgurmagan tog‘larda,
daralarda oppoq tuman qoyalar uchiga yetmasdanoq yoyilib ketadi. Bu manzarani
kuzatar ekanmiz, tabiatning erka fasli bahor ta’rifiga so‘z ojiz deging keladi.
(O.Toshqulov)
152-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan olingan so‘zlar izohiga
Do'stlaringiz bilan baham: |