Djurabayeva Z. A. Ona tili


-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

148-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing 
va ularga izoh bering.  
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  Multimedia  umumta’lim 
dasturlarini rivojlantirish markazida “E-Maktab” yangi axborot tizimi yaratildi.  
Bu  tizim  o‘quvchi-yoshlarning  bo‘sh  vaqtini  oqilona  tashkil  etish,  ijodiy-
intellektual  salohiyatini  yuzaga  chiqarish,  va  rivojlantirishga  ko‘maklashadi. 
Musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari hamda “Barkamol avlod” 


bolalar  markazlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  monitoringini  olib  borish 
imkonini beradi. (“Oila va jamiyat” gazetasidan)   
 
149-mashq.  Abdulla  Oripovning  “Oq  kishmish”  she’ridan  olingan 
parchani o‘qing. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni aniqlab, ularga izoh bering. 
 
Bejiz fazogirlar tanovul qilmas
Tip-tiniq qahrabo, oftob qatrasi. 
O‘zbek palovi ham kishmishsiz bo‘lmas, 
Oshga ko‘rk bo‘rgaydir mayiz sarasi. 
Go‘yo anor kabi dumaloq olam, 
Unuting torlikni, kibrni, ranjni. 
Axir, quvonmasmi amriqolik ham, 
Oloy bozorida ko‘rib oranjni?! 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling