Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

6- bob. FRAZEOLOGIY 
 
36-§. FRAZEOLOGIYA HAQIDA MA’LUMOT. FRAZEMA TIL VA 
NUTQ BIRLIGI SIFATIDA 
 
Reja: 
1. Frazeologizmlar haqida umumiy ma’lumot. 
2. Frazeologizmlarning so‘z birikmalaridan farqi. 
3. Nutqda frazeologizmlardan foydalanish.  
 
Tayanch  iboralar:  so‘z  birikmasi,  erkin  bog‘lanish,  turg‘un  bog‘lanish, 
ibora, turg‘un ibora, frazeologizm, frazeologik birlik.   
 
Topshiriq.  Yozuvchi  Murod  Mansurovning  “Judolik  diyori”  asaridan 
olingan  quyidagi  parchani  o‘qing.  Ajratib  ko‘rsatilgan  iboraga  izoh  bering. 
Sultonmurod akamning tepa sochi tikka bo‘lib, uning ko‘zlariga qattiq tikildi.  
 
Tilshunoslikda  leksemalar  o‘rtasidagi  ikki  xil  munosabat  farqlanadi.                       
1.  Paradigmatik  munosabatlar,  ya’ni  so‘zlarning  shakl  va  ma’no  munosabatiga 
ko‘ra  turlari.  2.  Sintagmatik  munosabatlar  leksik  birliklar  o‘rtasidagi  o‘zaro 
qo‘shnichilik munosabatlariga asoslangan bo‘lib, so‘zlarning ketma-ketlik tamoyili 
asosida bir-birlari bilan birikishi asosiga quriladi. Bu jarayonda so‘z qo‘shilmalari 
yuzaga keladi:  moviy osmon, ko‘m-ko‘k osmon, baland osmon, osmonga uchmoq, 
osmonning  rangi,  burni  osmonga  ko‘tarilmoq  va  hokazo.  Bunday  bog‘lanishlar 
son-sanoqsiz  bo‘lishi  mumkin,  ammo  ularning  har  bir  amaldagi  tilning  oltin 
qoidalariga  –  so‘zlarning  ma’no  va  grammatik  jihatdan  mukammal  bog‘lanishiga 
rioya qilgan holda yaratiladi hamda nutqda shu holda qo‘llanadi. Yuqoridagi so‘z 
qo‘shilmalarida  mazkur  qoidaga  amal  qilingan.  Osmonning  uchmoq  (qaratqich-
qaralmish munosabati noto‘g‘ri, osmonga tushmoq (ma’no jihatidan to‘g‘ri emas).  
Tilda  qo‘llaniladigan  so‘z  qo‘shilmalarida  ikki  xil  holat  kuzatiladi.    a)  so‘z 
qo‘shilmalari: ma’naviyat ildizlari, ma’naviyat va ma’rifat, “Turkiy Guliston yoxud 
axloq”,  Vatan  sarhadlari,  yurt  jamoli,  inson  manfaati,  Vatanga  muhabbat, 
yoshlarning  kelajagi  va  shu  kabilar.  Bunday  so‘z  qo‘shilmalari  nutq  jarayonida 
tuziladi,  ularning  qo‘llanilishi  so‘zlovchining  maqsadi  va  nutq  momentidagi 
holatga  bog‘liq  bo‘ladi.    So‘z  qo‘shilmalari  o‘z  navbatida  teng  hamda  erkin 
munosabat asosiga quriladi. Teng bog‘lovchilar yoki yordamchi so‘zlar vositasida 


bog‘langan so‘z qo‘shilmalarida teng bog‘lanishni kuzatish mumkin:  bakalavr va 
magistr, institut hamda universitet, ona bilan bola kabi.  
Kelishiklar, ko‘makchilar, ohang va boshqa grammatik vositalar orqali o‘zaro 
tobelanish  asosida  hosil  qilingan  so‘zlar  qo‘shilmasiga  so‘z  birikmasi  deyiladi. 
So‘z birikmalarida bosh va ergash so‘z bo‘ladi. Ergash so‘z har doim bosh so‘zni 
izohlab, aniqlab, kengaytirib keladi, Masalan, bolajon  xalq, bag‘ri  keng  xalqimiz, 
xalq  qadriyatlari,  xalq  tarixi,  xalqning  o‘tmishi,  xalqni  boqmoq,  xalq  to‘g‘risida 
qayg‘urmoq kabi so‘z birikmalarida shu holni ko‘rish mumkin.  
b) Turg‘un birikmalar. Masalan, adi-badi aytishmoq, aytgani aytgan, arpasini 
xom  o‘rmoq,  barmog‘ini  bigiz  qilmoq,  barmog‘ini  tishlamoq,  burni  ko‘tarilmoq, 
ko‘zi  moshdek  ochilmoq,  oq-qorani  ajratmoq,  o‘pkasini  cho‘pga  ilmoq  va  shu 
kabi.  Odatda  ma’nosi  bir  so‘zga  teng  keladigan,  tilda  oldindan  taxt  holga 
keltirilgan,  ko‘chma  ma’nodagi  bunday  ajralmas  barqaror  so‘zlar  qo‘shilmasiga 
turg‘un birikmalar yoki frazeologizmlar deyiladi. Frazeologizm  yunoncha   prasis  
– ibora va logos – ta’limot so‘zlaridan olingan bo‘lib, ular tilda oldindan yaratilgan 
bo‘ladi,  nutqqa  tayyor  holda  olib  kiriladi  va  ularning  tarkibidagi  so‘zlarni 
almashtirish  mantiqsizlikka  olib  keladi.  Masalan,  “Bu  gapni  eshitib  uning  tepa 
sochi tikka bo‘lib ketdi”, “Qo‘rqqanidan boshidan kapalagi uchib ketdi”,  “Nima, 
sizning  arpangizni  xom  o‘rdimmi?”  gaplari  takibida  qo‘llangan  tepa,  kapalagi, 
arpa so‘zlarini yon, ninachi, bug‘doy so‘zlariga almashtirishga urinib ko‘ring-chi? 
Kutilgan ma’no yuzaga chiqarmikan? Agar shunday bo‘lsa, tushunarsiz gap hosil 
qilingan  bo‘ladi.  Frazeologizmlar  yuqoridagi  xususiyatlariga  ko‘ra  so‘z 
birikmalaridan  keskin  farq  qiladi.  Yuqorida  ta’kidlanganidek,  erkin  birikmalarni   
nutq  jarayonida  tuzish,  tarkibidagi  so‘zlarni  (komponentlarni)  ixtiyoriy  ravishda 
almashtirish, kengaytirish yoki olib tashlash mumkin bo‘ladi, turg‘un birikmalarni 
esa bunday qilib bo‘lmaydi. Masalan, nonini tuya qilmoq, ikki oyog‘ini bir etikka 
suqmoq,  to‘nini  teskari  kiymoq,  ilonning  yog‘ini  yalagan,  og‘ziga  talqon  solmoq 
va shu kabi. Frazeologizmlardan o‘rinli foydalanish nutqqa uslubiy bo‘yoq beradi, 
uning ta’sirchanligini oshirish uchun xizmat qiladi. Masalan, sabri tugamoq, hech 
narsa  yoqmaydi,  to‘satdan,  zabardast,  rosa  maqtamoq  birikmalari  o‘rnida  toqati 
toq  bo‘lmoq,  yuragiga  qil  sig‘maydi,  tomdan  tarasha  tushganday,  tog‘ni  ursa 
talqon  qiladigan,  ko‘kka  ko‘tarmoq  frazeologizmlarni  qo‘llash  nutqning 
ta’sirchanligini oshiradi.       
Turg‘un iboralar gap ichida qo‘llanganda bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. 
“Murodjon  tog‘ni  ursa  talqon  qiladigan  yigit  bo‘lib  yetishdi”gapi  tarkibidagi 
frazeologizm  qanday  so‘rog‘iga  javob  bo‘lib,  aniqlovchi  vazifasini  bajarib 
kelmoqda. 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling