Savol va topshiriqlar.
1. Frazeologiya deb nimaga aytiladi.
2. Frazeologik birliklarga misollar ayting.
3. Frazeologik birliklardan foydalanishning amaliy ahamiyati haqida so‘zlab
bering.
158-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko‘chiring, iboralarni aniqlab, ularga
izoh bering.
1. Kimki nafs so‘ziga kirib, diyonatini unutsa, iymonini yutsa, el ichra yuzi
qora, o‘zi sharmisor bo‘ladi. (Z.Qirg‘izboyev) 2. Bu so‘zlar ko‘nglimizni tog‘dek
ko‘tardi, yanada faol, mas’uliyatli bo‘lishga undadi. (M.Dadaxo‘jayeva) 3. Yaxshi
emas, Farmonqul aka, nega quyonga o‘xshab o‘z soyangizdan hadiksiraydigan
bo‘lib qoldingiz?! (S.Mahkamov) 4. Chatoq ekan,– dedi karvonboshi, so‘ng ilk bor
tishining oqini ko‘rsatdi. (Murod Muhammad Do‘st) 5. Gap shuki, shu kanal, shu
muhit meni odam qildi. (Said Ahmad)
Do'stlaringiz bilan baham: |