Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VI—vii asrlar) shu tilda yaratilgan
Download 34.59 Kb.
|
Zakovat savollari 20.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
- Savol: Yuqorida aytib o`tilgan ijodkorlarning hayoti ni inobatga olgan holda davrdan qaysi davrgacha nazarda tutilgan Javob
Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VI—VII asrlar) shu tilda yaratilgan. Savol: Bu davrdagi til fanda qanday ataladi. Javob: qadimgi turkiy til XI—XIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Rabgʻuziyning “Qissasi Rabgʻuziy“ va yana bir asar shu tilda yaratilgan. Savol: 1 daqiqa vaqtdan keyin siz menga shu asarning nomi va muallifini aytishingiz kerak bo`ladi. Javob: Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu-lugʻatit-turk” asari. Ushbu asrlar davomida qoʻllangan til eski oʻzbek adabiy tili deb nomlangan. Ushbu davrda Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan. Savol: Yuqorida aytib o`tilgan ijodkorlarning hayoti ni inobatga olgan holda davrdan qaysi davrgacha nazarda tutilgan Javob: XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha O'zbek hukmdori Muhammad Shayboniy (1451-1501) oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Muhammad Temur sultonga atab yozgan kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlanadi) bizgacha yetib kelgan. Diqqat savol: ushbu asar nima haqida yozilgan deb o`ylaysiz? XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til shunday nom bilan ataladi. “Turkiston viloyati gazeti” nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar ushbu tilning namunalari hisoblanadi. Savol: Shunday nom bilan ataladi deganda o`zbek tiliga nisbatan qaysi nom nazarda tutildi Javob: Hozirgi oʻzbek adabiy tili Oʻzbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski oʻzbek adabiy tili shakllanib boʻldi. Savol: Ushbu davrda ijod qilgan bir adibning ismi xozirgi o`zbek adabiy tilida bir fe`lning otgan zamoniga antonym bo`la oladi. Diqqat adibning nomini toping. Javob: Turdi. Eski oʻzbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bogʻliqdir. U eski oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi bir mashhur ilmiy asar ham yozdi va unda oʻzbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi. Savol: Bu asarning nomini bir daqiqadan keyin yozib bering. Arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar. Arab soʻzlari oʻzbek tiliga VII—VIII asrlardan boshlab kiradi. Bu hol arablarning shu davrda Oʻrta Osiyoni zabt etishlari bilan bogʻliq. Hozirgi oʻzbek tilida arab tilidan kirgan quyidagi kabi soʻzlar mavjud: kasb, mehnat, hayvon, ittifoq, millat… Arab soʻzlari birinchidan kitob, madrasa, din, davlat tuzimi orqali kirgan. Ikkinchidan Eroniy tillar orqali kirgan. Uni masalan arab soʻzlariga morfemalar qoʻshib yasalgan. Masalan: darxaqiqat, mansabdor, mulkdor, baquvvat… kabi soʻzlardan bilsa boʻladi. Savol: Yuqoridagi so`zlarga qo`shilgan morfemalar aynan qaysi tilga xos. Javob: tojik tilidan olingan morfemalar. 1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin yozuviga oʻtilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan. Savol: O`sha davr alifbosi qanday atalgan. Javob: Yanalif Tadqiqotlarning natijasi va olimlarning fikriga ko`ra lotin alifbosiga o`tgan mamlakatlarning qarori eng to`g`ri qaror ekan. Savol: Aytingchi olimlar aynan nima sababga ko`ra lotin alifbosiga o`tishni ma`qullashgan. Javob: BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan. Download 34.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling