Djurabayeva Z. A. Ona tili
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSVOLDI
Topshiriq. X. Jabborovning “Dehqonchilik so‘zlarining izohli lug‘ati” dan
olingan so‘zlar izohiga e’tibor bering. Ushbu kitobning qanday lug‘at turiga kirishini aniqlang. BOSVOLDI Sirti silliq, taram-taram to‘rlari bor (bir yo‘li ko‘k, bir yo‘li sariq) seret, pishganda yumshoq ketadigan, terisi qalin, o‘rtapishar qovun navi. GULOB [gul + forscha-tojikcha ob – suv] 1. Tok novdasidan unib chiqqan shoxlardagi uzumlar gulga kirganda, beriladigan suv, sug‘orish turi. 2. Atirgul bargidan maxsus usulda olinadigan suv. SHINNI Uzum, tut va boshqa mevalar, tarvuz shirasini qaynatib tayyorlanadigan qiyom. Uzum shinnisi. Har bir tilda muayyan so‘zlar zaxirasi mavjud bo‘ladi va unga shu tilning lug‘at boyligi deyiladi. Insonlar bu boylikni keyingi avlodlarga qoldirish ustida azal-azaldan bosh qotirib kelishgan. Uzoq davrlar mobaynida bu jarayon og‘zaki nutq orqali bajarilgan. Yozuvning kashf etilishi bu boradagi ishlarni osonlashtirdi. Har bir tilda so‘zlarni yozib qoldirish imkoniyati paydo bo‘ldi va tilshunoslikning leksikografiya (lug‘atshunoslik) sohasi rivoj topdi. LEKSIKOGRAFIYA yunoncha lexikos – lug‘at + grapho – yozaman so‘zlaridan olingan bo‘lib, lug‘at tuzish nazariyasi va lug‘at tuzish ishi; lug‘atshunoslik, lug‘atchilik degan ma’nolarni bildiradi. Lug‘atdagi so‘zlar, odatda, amaldagi alfavit tartibida joylashtiriladi. Ba’zi bir hollarda muallifning maqsadiga ko‘ra mavzuiy (tematik) lug‘atlar ham yaratilishi mumkin. Leksikografiyada lug‘at tuzish tamoyillari va metodikasi ishlab chiqiladi, lug‘at turlari belgilanadi, lug‘at tuzish uchun asos bo‘ladigan so‘zlarning kartoteka jamg‘armasi va lug‘atning so‘zligi yaratiladi, lug‘atchilik tarixi o‘rganiladi, lug‘at tuzish bilan shug‘ullaniladi. Lug‘atlar juda katta amaliy ahamiyatga ega manbalar sanaladi. Ular o‘zida ilm-fan, texnika, madaniyat va san’at taraqqiyotini aks ettirish bilan birga xalqning bu sohadagi talablarini qondirish vazifasini ham bajaradi. Shunga ko‘ra lug‘atlar qimmatli madaniy boylik, o‘ziga xos ma’naviy xazina vazifasini bajaradi. Lug‘atlar nutq madaniyati, so‘zlarning ma’nolarini aniq tushunish va ularni nutqda to‘g‘ri qo‘llash, og‘zaki va yozma savodxonlikka erishishning asosi sanaladi. O‘zbek tili leksikografiyasi (lug‘atshunosligi) ning tarixi olis zamonlarga borib taqaladi. XI asrda yashagan buyuk tilshunos Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘atshunosligiga asos solib ketgan allomalardan biridir. Uning “Devonu lug‘otit-turk” (1073-1074) asari dunyo tilshunosligida noyob manba sifatida qadrlanadi. Unda Chin (Xitoy Xalq Respublikasi) dan tortib to Rum (Istambul)ga qadar bo‘lgan ulkan hududda istiqomat qilgan 20 dan ortiq turkiy qabilalar, urug‘lar, elatlar va ularning tilida uchrovchi so‘zlar haqida gap boradi, maqollar, matallar, ertaklar, qo‘shiqlar, afsonalardan namunalar keltiriladi. Lug‘atning bizgacha bitta qo‘lyozmasi yetib kelgan. Bu qo‘lyozma kotibning ta’kidlashicha, Mahmud Koshg‘ariyning o‘z qo‘li bilan yozilgan nusxadan ko‘chirilgan bo‘lib, 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan va hozirda Istambulda saqlanmoqda. “Devonu lug‘otit-turk” arab tilidan nemis, usmonli turk va o‘zbek tillariga tarjima qilingan. Lug‘atda keltirilgan qish, til, men, kumush, tun, qirq, berk kabi so‘zlar bugungi kunda ham shu ma’noda qo‘llaniladi. Shuningdek, asarda alimg‘a (shoh Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling