Og‘zining suvi keldi – Havasi keldi; yegisi, ichgisi keldi.
Sirkasi suv ko‘tarmaydigan – Gap ko‘tarmaydigan; ta’bi nozik odam.
Suv qilib ichmoq – 1. Zimdan o‘zlashtirmoq, o‘zlashtirib, gumdon, yo‘q
qilmoq. 2. Miridan sirigacha
puxta egallamoq, besh qo‘ldek bilib, yodlab olmoq.
Suv quygandek tinch (jimjit) – Churq etgan ovoz yo‘q, jimjit.
Suvga oqizmoq –Buhudaga ketkizmoq, sovurmoq, shamolga uchirmoq.
Suvga tushgan nondek bo‘shashmoq – Juda ham bo‘shashib ketmoq, hovridan
tushmoq.
Tushini suvga aytmoq – Bekor aytmoq, bo‘lmagan gap, aslo unday emas.
Do'stlaringiz bilan baham: