157-mashq. Odil Ikromning she’ridan olingan parcha asosida
shukronalik tuyg‘usi haqida suhbatlashing. She’rda qo‘llangan “tiz
cho‘kmoq”, “danagidan mag‘zi shirin” iboralarining ma’nosini izohlang.
Sajda ayla! Cho‘k muqaddas tuproqqa tiz,
Qoldir ko‘ngil ko‘chasida nurafshon iz.
O‘zligingni qilmoq uchun bir lahza his,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!
“Bolam” deya, “yurtim” deya kuygan bu el,
Danagidan mag‘zin ustun qo‘ygan bu el,
Millatini, o‘zligini suygan bu el,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!
Do'stlaringiz bilan baham: |