g‘ir): sezgir, keskir, olg‘ir, chopqir; -q (-oq, -iq, -uk): qoloq, yaltiroq, siniq, yetuk;
-iy, -viy: zamnaviy, mafkuraviy, ilmiy, ommaviy; -chan: harakatchan, ishchan,
uyatchan; -qoq, -g‘oq: urishqoq, yopishqoq, toyg‘oq; -simon: tuxumsimon,
oltinsimon, odamsimon; -aki: qalbaki, yuzaki, zo‘raki: -ag‘on: bilag‘on, opag‘on,
yotag‘on; -kor, -gar: fidokor, isyonkor, javobgar, da’vogar; -cha: o‘zbekcha,
inglizcha, xitoycha; -don: qadrdon, bilimdon, gapdon; -dor: puldor, dimog‘dor,
salmoqdor kabi.
Ta’kidlash kerakki, faqat sifat so‘z turkumida old qo‘shimchalar uchraydi.
Masalan: bo+obro‘, no+mard, be+hayo, ba+savlat kabi.
III. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar quyidagilar: -la: yaxshila, yomonla, ishla,
sekinla; -lan: otlanmoq, ajablanmoq, taajjublanmoq; -lash: birlashmoq,
o‘rtoqlashmoq, salomlashmoq: -(a)r: yasharmoq, oqarmoq, qisqarmoq; -(a)y:
qoraymoq, ozaymoq, ko‘paymoq; -a: sanamoq, yashamoq, qonamoq; -sira:
xavfsiramoq,
gumonsiramoq,
sensiramoq;
Do'stlaringiz bilan baham: |