Djurabayeva Z. A. Ona tili
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
Tayanch iboralar: milliy til, adabiy til, til rivojlanishi, til taraqqiyoti, til
me’yori, millat tili, til bo‘limlari. Topshiriq. Murodjon Mansurning “Judolik diyori” romanidan olingan quyidagi parchani o‘qing. Og‘zaki so‘zlashuv tiliga oid bo‘lgan o‘rinlarni toping, ularning adabiy tilda qanday ishlatilishini aniqlang. – Esonmisan, og‘aynichalish? – Toyir zakun boshini burib, kulib qo‘ydi. – Bu shunaqa asov. Akangni ham bir marta opqochgan, ha. Birovga mindirmaydigan xilidan. O‘zinikiyam zo‘rdir? – dedim beixtiyor. I-i, qayoqda? Yolg‘iz akangqarag‘ayda bor. Uyam mana shu. – Keyin otini ko‘chaning o‘rtasidan gijinglatib borarkan, og‘zini to‘ldirib kuldi: – Jonoraliyam o‘zim, chopariyam o‘zim. Lug‘at: jonoral – general O‘zbek xalqi 4000 yillik davlatchilik tarixiga ega. Moziyning olis va mashaqqatli yo‘llarida dunyodagi boshqa xalqlar singari o‘zbek xalqi ham qabila, elat, xalq, millat bosqichlarini bosib o‘tgan. O‘zbek ma’naviyatining bebaho xazinasi, xalq tafakkuri va g‘ururining betakror timsoli sifatida ona tilimiz ham qabila, elat, xalq va milliy adabiy til bosqichlarini bosib o‘tdi. Tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘zbek xalqining etnik jihatdan nihoyatda rang-barang bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Hatto buyuk Amur Temur ham o‘zining qo‘l ostida 40 aymoqni birlashtirganini, barlos, qipchoq, tatar, jaloyir, kenagas, yuz, qirq, ming kabi urug‘larning hammasini teng ko‘rganini faxr bilan yozadi. Otashabon shoir Turdi Farog‘iy: “Tor ko‘ngullik beglar «man-man» demang, kenglik qiling, To‘qson ikki bovli o‘zbek yurtidir tenglik qiling”, – deb yozganida, o‘zbek xalqining to‘qson ikkita urug‘-qabiladan tashkil topganiga e’tibor qilib, ularni yakdillikka, birlikka chaqirgan edi. Har bir millatning millat bo‘lib shakllanishi va taraqqiy etishi uchun hududiy, etnik, urf-odatlar birligidan tashqari, eng muhim jihat – til birligi, jipsligi muhim ahamiyatga ega. Ma’lum bir millatni tashkil etgan insonlar hududiy jihatdan turli joylarda yashashiga qaramasdan yagona bir shaklda gaplashgan taqdirdagina, ularda jipslik, birdamlik paydo bo‘ladi. Masalan, o‘g‘uz shevalarida faol qo‘llaniladigan yumurtqa, qarindja, uchak, arna, chiqan so‘zlari adabiy tilda tuxum, chumoli, tom, ariq, dugona shaklida ishlatiladi va bu o‘zbek tilida gaplashadigan hamma uchun me’yor, qolip sanaladi. Adabiy tilning takomillashishida lisoniy (lingvistik) va nolisoniy (ekstralingvistik) omillar alahida ahamiyat kasb etadi. Tilning fonetik, leksik, grammatik qurilishi, so‘z yasalishi, turli-tuman funksional-uslubiy xususiyatlarga ega bo‘lishi, til birliklari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar adabiy til taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarishdagi tub yangilanishlar, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar adabiy tilga ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi, albatta. Masalan, Mustaqillik yillarida ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilgan olamshumul ishlar adabiy tilga o‘z izini qoldirdi. Grammatik jihatdan shakllangan, ma’lum bir qoliplarga solingan, hamma bo‘ysunishi majbur bo‘lgan xalq tili shakliga adabiy til deyiladi. Adabiy til quyidagi belgilariga ko‘ra milliy tildan farqlanib turadi: 1. Adabiy til milliy tilning yuqori, tartibga solingan, me’yorlashtirilgan oliy shakli, mukammal ko‘rinishi sanaladi. U milliy til ichida yashaydi va undan muntazam oziqlanadi. 2. Adabiy til shu til sohiblarining barchasi uchun umumiy sanaladi. Hamma unga bo‘ysunishi shart. Milliy til shu til sohiblarining barchasiga birdek tegishli, lekin undagi birliklardan foydalanish erkin amalga oshiriladi. 3. Adabiy tilning yozma va og‘zaki shakli mavjud. Uning yozma shakli amalda qo‘llanilayotgan yozuv tizimiga bog‘liq bo‘ladi. Xalq tili o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqandagina milliy tilga aylanadi. 4. Adabiy tilning iste’mol doirasiga chegara qo‘yilmaydi. Xuddi shuningdek, sheva ko‘rinishlaridan tashqari milliy til elementlarining faoliyat doirasi ham cheklanmaydi. 5. Adabiy tilda davlat ishlari: ta’lim-tarbiya, ilm-fan, matbuot, ommaviy axborot vositalari (radio-televideniye), ma’muriy-idoraviy ish yuritish amalga oshiriladi. Ushbu idoralardagi barcha faoliyat jarayondlari milliy til negizida rivojlanadi. Davlat milliy va adabiy tilni teng rivojlantirishdan manfaatdor sanaladi. 6. Adabiy tilda sheva va dialektga xos so‘zlar, jargon va argolar qo‘llanmaydi. Milliy til o‘zida sheva elemantlarini, argo va jargonlarni saqlab turadi. 7. Adabiy tilning rasmiy, ilmiy, badiiy, publitsistik va so‘zlashuv uslublari bo‘ladi. Adabiy tilni takomillashtirishda badiiy uslubning alohida o‘rni bor. Milliy tilda dostonlar, maqol va matallar, ertaklar, topishmoqlar tildan-tilga ko‘chib, sayqal topib boradi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘zbek milliy tilining eng oliy shakli sanaladi. Unga asrlar davomida xalqimiz tomonidan sayqal berib kelingan, me’yorlashtirilgan. Adabiy til millatimiz vakillarining barchasi uchun umumiy bo‘lgan barqaror shakllarni o‘z ichiga oladi. Uning quyidagi bo‘limlari bor: 1. Fonetika va fonologiya. Bu bo‘limda til va nutq tovushlari, ular o‘rtasidagi farqlar, unli va undosh tovushlar tizimi, segment va supersegment birliklar (nutq tovushi, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, fraza, urg‘u, ohang, melodika, pauza) til va nutqdagi o‘rni o‘rganiladi. 2. Grafika va orfografiya. Bu bo‘limda hozirgi o‘zbek adabiy tili alifbosi, orfografiya va imlo tamoyillari haqida ma’lumotlar beriladi. 3. Orfoepiya. Bu bo‘limda to‘g‘ri talaffuz qilishning qonun-qoidalari o‘rganiladi. 4. Leksikologiya va frazeologiya. Bu bo‘limda o‘zbek tilining lug‘at jamg‘armasi, leksema va so‘z, so‘z ma’nosining ko‘chish yo‘llari, lug‘aviy birliklarning leksik-semantik guruhlari, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, iste’mol doirasiga ko‘ra tarmoqlanishi, tarixiyligiga ko‘ra turlari, emotsional-uslubiy jihatdan bo‘linishi kabi masalalar haqida gap yuritiladi. 5. Leksikografiya. Bu bo‘limda lug‘at va lug‘at turlari, lug‘atlarning tuzilishi, lug‘atlarning amaliy ahamiyati to‘g‘risida bah yuritiladi. 6. Etimologiya. So‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganadi. 7. Morfemika. Bu bo‘limda so‘zlarning ma’noli qismlarga ajratilishi, asos qism va ko‘makchi morfema, ularning grammatik xususiyatlari haqida gap yuritiladi. 8. So‘z yasalishi. Bu bo‘limda so‘z yasalishi va so‘z yasash usullari, diaxron va sinxron so‘z yasalishi o‘rgatiladi. 9. Morfologiya. Bu bo‘limda grammatik ma’no va grammatik shakllar, so‘z turkumlari, ularning ma’no turlari va o‘ziga xos morfologik belgilari haqida so‘z boradi. 10. Sintaksis. Bu bo‘limda so‘z birikmalari, ularning turlari, gap va gap turlari, gaplarning semantik, funksional-uslubiy xususiyatlari o‘rganiladi. 11. Punktuatsiya. Bu bo‘limda tinish belgilari, ularning qo‘llanilishi bilan bog‘liq masallar yoritiladi. Yuqoridagi bo‘limlarning barchasi yaxlit holda adabiy tilni tashkil etadi. Ularni bir-biridan ayricha olish va mustaqil qo‘llash sira mumkin emas. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling