MILLAT [arabcha. xalq; din, mazhab] Kishilarning yagona tilda so‘zlashishi,
yaxlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy
madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi.
O‘zbek millati.
MILLIY [arabcha.
xalqona, millatga tegishli; diniy] 1 Biror millatning,
xalqning o‘ziga xos bo‘lgan, uning xususiyatlarini ifodalovchi.
Milliy madaniyat.
Milliy musiqa.
2 Biror
mamlakatga, davlat va uning aholisiga oid.
Milliy daromad.
3 Millat bilan bog‘liq, millatiga ko‘ra bo‘lgan. Milliy ayirmachilik.
SHIRINSUXAN [forscha.
shirinso‘z, yoqimli gapiradigan] aynan shirinso‘z.
Shirinsuxan ayol.
SHIRINSO‘Z Gapi, so‘zi kishiga yoqadigan, yoqimli gapiradigan;
shirinsuxan.
Shirinso‘z yigit.
SHIRINSO‘ZLIK Shirin, yoqimli so‘z aytish, shunday xislatga egalik,
shirinso‘z ekanlik.
Do'stlaringiz bilan baham: