I. Hind-yevropa tillari oilasi. Bu oilaga 100 ga yaqin tillar kiradi va quyidagi
tarmoqlarga bo‘linib ketadi.
1. Hind tillari guruhi: hind, bengal, panjob, lahnda, sindxi, rajastxoniy,
gujarat, maratxi, singal, nepal, bixar, oriya, assam, kashmir kabi tillar. Bu tillarda
gaplashuvchi til sohiblari asosan Hindiston va Pokistonda istiqomat qilishadi.
2. Eron tillari guruhi: fors, dariy, pushtu, baluchi, tojik, kurd, osetin, tat,
yagnob tillari. Mazkur tilda gaplashuvchilar Eron, Pokiston, Afg‘oniston va
qisman Markaziy Osiyoda keng tarqalgan.
3. Slavyan tillari guruhi: a) sharqiy tarmoq: rus, ukrain, belorus tillari;
janubiy guruh: bolgar, makedon, serb-xorvat, sloven tillari; g‘arbiy guruh: chex,
slovak, polyak tillari.
4. Boltiq tillari guruhi: litva, latish tillari.
5. German tillari guruhi: a) shimoliy german (skandinaviya) tillari: daniya,
shved, norveg, island tillari; b) g‘arbiy german tillari: ingliz, nemis, niderland
tillari.
6. Roman tillari guruhi: fransuz, italyan, ispan, sard, portugal, katalon,
rumin, moldovan, kreol tillari.
7. Kelt tillari guruhi: irland, shodland tillari.
8. Grek tili.
9. Alban tili.
10. Arman tili.
11. Xetto-liviya (anatoliya) tillari guruhi: xett, liviya, palaya, lidiya, likiya
tillari (Bugungi kunda mazkur tillarning barchasi o‘lik tillar sanaladi).
12. Toxar tili (Bu tildan ham hozirda hech kim foydalanmaydi. Toxarlar
Sharqiy Turkistonda yashashgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |