8-§. TILLARNING PAYDO BO‘LISHI, TILLARNING
TARAQQIYOTI VA TASNIFI
Reja:
1. Dunyo tillari tasnifi.
2. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari.
3. Hozirgi o‘zbek adabiy tili bosqichi.
Tayanch iboralar: tillarning tasnifi, geneologik tasnif, dunyo tillari, hind-
yevropa tillari oilasi, xom-som tillari oilasi, til tarixi, oltoy tili, turkiy tillar, davlat
tili, qonun.
Topshiriq. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asaridan
olingan parchaga e’tibor bering. Turkiy qabilalarning atalishiga diqqat qilin va
tillarning taraqqiyoti haqida o‘z fikrlaringizni bildiring.
Turklar aslida yigirma qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha
urug‘lari bor. Men bulardan asosiy urug‘larini yozdim, shoxobchalarini tashladim.
Rumga yaqin birinchi qabila bajanak, so‘ng qifchaq, og‘uz, jamak, bashg‘irt,
basmil, so‘ng qay, so‘ng yabaqu, so‘ng tatar, so‘ng qirg‘iz keladi. Qirg‘izlar Chin
yaqinidadirlar. Bu qabilalar hammasi Rum yonidan kunchiqargacha cho‘zilgandir.
So‘ng chigil, so‘ng tuxsi, so‘ng jag‘ma, ig‘raq, so‘ng jaruq, so‘ng jumul, so‘ng
uyg‘ur, so‘ng tangut, so‘ng xitoy...
Har bir millatning tafakkuri va tamadduni uning tilida o‘z in’ikosi topadi. Til
tarixi xalq tarixi bilan chambarchas bog‘liq holda kechadi.
Dunyo tillari bir necha jihatdan tasnif qilinadi. Shulardan biri geneologik
(tillarning kelib chiqishiga ko‘ra) guruhlanishi sanaladi. Jahondagi tillar quyidagi
guruhlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |