Djurabayeva Z. A. Ona tili


-§. TILLARNING PAYDO BO‘LISHI, TILLARNING


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

 
8-§. TILLARNING PAYDO BO‘LISHI, TILLARNING 
TARAQQIYOTI VA TASNIFI 
 
Reja: 
1. Dunyo tillari tasnifi. 
2. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari.  
3. Hozirgi o‘zbek adabiy tili bosqichi.  
 
Tayanch  iboralar:    tillarning  tasnifi,  geneologik  tasnif,  dunyo  tillari,  hind-
yevropa tillari oilasi, xom-som tillari oilasi, til tarixi, oltoy tili, turkiy tillar, davlat 
tili, qonun. 
 
Topshiriq.  Mahmud  Koshg‘ariyning  “Devonu  lug‘otit-turk”  asaridan 
olingan  parchaga  e’tibor  bering.  Turkiy  qabilalarning  atalishiga  diqqat  qilin  va 
tillarning taraqqiyoti haqida o‘z fikrlaringizni bildiring.  
 
Turklar  aslida  yigirma  qabiladir.  Har  bir  qabilaning  sanoqsiz  allaqancha 
urug‘lari bor. Men bulardan asosiy urug‘larini yozdim, shoxobchalarini tashladim. 
Rumga  yaqin  birinchi  qabila  bajanak,  so‘ng  qifchaq,  og‘uz,  jamak,  bashg‘irt, 
basmil, so‘ng qay, so‘ng yabaqu, so‘ng tatar, so‘ng qirg‘iz keladi. Qirg‘izlar Chin 
yaqinidadirlar. Bu qabilalar hammasi Rum yonidan kunchiqargacha cho‘zilgandir. 
So‘ng  chigil,  so‘ng  tuxsi,  so‘ng  jag‘ma,  ig‘raq,  so‘ng  jaruq,  so‘ng  jumul,  so‘ng 
uyg‘ur, so‘ng tangut, so‘ng xitoy...  
Har bir millatning tafakkuri va tamadduni uning tilida o‘z in’ikosi topadi. Til 
tarixi xalq tarixi bilan chambarchas bog‘liq holda kechadi.  
Dunyo  tillari  bir  necha  jihatdan  tasnif  qilinadi.  Shulardan  biri  geneologik 
(tillarning kelib chiqishiga ko‘ra) guruhlanishi sanaladi. Jahondagi tillar quyidagi 
guruhlanadi:  

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling