Bu Ona yurtdir.
Boshing qo‘yib topin ostonasiga,
Zog‘ yo‘lata ko‘rma Ark-qal’asiga,
Hamisha tayyor
tur himoyasiga,
Bu Ota makondir,
Bu Ona yurtdir.
35-mashq. Odil Yoqubovning “Oqqushlar, oppoq qushlar” romanidan
olingan parchani o‘qing. Suhbatning borishiga, adabiy tildan farq qiladigan
o‘rinlariga e’tibor bering va izohlang.
– Xo‘sh, yigitlar, qayerdan bo‘ladilar? – deb so‘radi. Kapitanning savoliga
birinchi bo‘lib Muzaffar javob berdi.
O‘zbekistondan, o‘rtoq kapitan!
Boloborodovning lablariga allaqanday iliq tabassum yugurdi-yu, to‘satdan
xiyol chalaroq o‘zbek tilida:
O‘zbekistondan bo‘lsalaring... Toshkentni ko‘rganmisanlar? – deb so‘radi.
Ko‘rganmiz, o‘rtoq kapitan!
Ko‘rgan bo‘lsalaring... Toshkent degani nima degani bo‘ladi?
Muzaffar
talmovsirab Rasulga, Rasul Shorahimga qaradi.
Toshkent degani – Toshkent-da, o‘rtoq kapitan! – dedi Shorahim bepisand
jilmayib.
Boloborodov uning pilotkasini shartta burnigacha surib, xushnud qildi:
Qoyilman, sendaqa hamshaharlarimga! Toshkent degani nimaligini
bilishmaydi-yu, tag‘in o‘zlarini o‘zbek deb hisoblashadi bular. Tosh degani –tosh,
to‘g‘rimi?
Shunday, o‘rtoq kapitan!
Kent degani shahar degani, to‘g‘rimi?
To‘g‘ri, o‘rtoq kapitan!
Demak, Toshkent degani toshdan qurilgan shahar degani bo‘ladi! Savollar
yo‘qmi? Yo‘q bo‘lsa, ko‘rishguncha, qadrli hamshaharlarim!
Do'stlaringiz bilan baham: