Djurabayeva Z. A. Ona tili


XIII.Avstaloosiyo  tillari  oilasi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

XIII.Avstaloosiyo  tillari  oilasiga  munda,  kxmer,  palaung,  nikobar,  vetnam, 
kxasi,  malakka,  nagali  tillari  kiradi.  Bu  til  vakillari    Hindistonning  sharqiy  va 
g‘arbiy  hududlarida,    Kombodja,  Vetnam,  Bangladesh  kabi  mamlakatlarda 
istiqomat qiladi.  
XIV.  Malayya-polinez  tillari  oilasi.  Bu  oilaga  Indoneziya,  Filippin, 
Plineziya  va  Yava  orollarida  istiqomat  qiluvchi  aholi  gaplashuvchi  indoneziya, 
batak,  yava,  sundan,  bali,  saddan,  tagal,  ilokan,  bikol,  tongo,  nauru  kabi  tillar 
kiradi. 
XVI.  Avstraliya  tillari.  Markaziy  va  Shimoliy  Avstraliyada  yashovchi  tub 
aholi tillari. Ular ichida eng e’tiborlisi aranta tili sanaladi.  
XVII.  Paleosiy  tillari  oilasiga  shimolda  yashovchi  xalqlarning  chukcha, 
koryak, itelmen, kerel, eskimos, aleut, ket,nixv, yukagir kabi tillar kiradi.      
XVIII. Hindu tillari oilasi. Bu oilaga Amerika qit’asining tub aholisi tillari: 
delevar, yurok, mikmak, foks, kri, potovatomi, guron, dakota, kechua, siu kabi tillar 
kiradi.     
Boshqa tillar kabi o‘zbek tili ham olis tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan.  


O‘zbek tili tarixiy jihatdan oltoy tillari oilasining turkiy tillar guruhiga kiradi. 
Oltoy  tili  o‘zbek  tili  uchun  bobo  til  sanaladi.  Ona  tilimiz  uyg‘ur,  qirg‘iz,  qozoq, 
boshqird,  tatar,  qoraqalpoq,  gagauz,  shor,  xakas,  usmonli  turk  singari  o‘ttizga 
yaqin tillar bilan qarindosh sanaladi.  
Uning tarixini quyidagi taraqqiyot bosqichlariga bo‘lib o‘rganish mumkin. 
1. Eng qadimgi turkiy til (VI  asrgacha) 
2. Qadimgi turkiy adabiy til (VI-X asrlar) 
3. Eski turkiy adabiy til (XI-XIV asr ikkinchi yarmigacha) 
4.  Eski  o‘zbek  adabiy  tili  (XIV  asrning  ikkinchi  yarmidan  XX  asrning              
I choragigacha)  
5.  Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili  (XX  asrning  birinchi  choragidan  bugungi 
kungacha bo‘lgan davr)  
O‘zbek tili bugunga kelib milliy adabiy til darajasiga ko‘tarildi. 
Ko‘rinadiki, o‘zbek tili murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Uning rivojiga 
turli  davrlarda  arab,  fors-tojik,  rus  tillari  kuchli  ta’sir  ko‘rsatgan.  Mazkur  tillar 
o‘zbek  tilining  tovush  tizimida,  leksikasi  va  grammatikasida  sezilarli 
o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Ayniqsa, o‘zbek tilining lug‘at  
jamg‘armasida  arabcha,  forscha-tojikcha,  ruscha-baynalmilal  so‘zlar  nihoyatda 
ko‘p  uchraydi.  Buni  xalqimizning  hayotida  ro‘y  bergan  tub  burilishlar,  ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda izohlash darkor.  
Har  bir  tilning  mavqei,  jamiyatda  tutgan  o‘rni  uning  shu  til  sohiblari 
tomonidan  qay  darajada  ishlatilishiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Jumladan,  o‘zbek  tiliga 
qarash  hamma  davrlarda  turlicha  bo‘ldi.  Arablar  istilosidan  so‘ng  O‘rta  Osiyoda 
arab  tili  rasmiy  til  darajasiga  ko‘tarildi.  Barcha  asardan  qaysi  yo‘nalishda 
bo‘lishidan qat’i nazar arab tilida yozildi. Shu bois, Muhammad al-Xorazmiy, Abu 
Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Imom 
Buxoriy  kabi  buyuk  ajdodlarimiz  tomonidan  yaratilib,  dunyo  tamadduniga 
munosib  hissa  bo‘lib  qo‘shilgan,  ilm-fanning  turli  sohalarida  yozilgan  bebaho 
asarlarning barchasi arab tilida  yozilgan.  
X-XIV  asrlarda  fors-tojik  tilining  saroy  muhitida,  rasmiy  va    adabiyot  tili 
sifatida  keng  ko‘lamda  qo‘llanilishi  natijasida  turkiy  til  (eski  o‘zbek  adabiy  tili) 
rivoji sal sustroq kechdi.  
Uzoq vaqtlar mobaynida O‘rta Osiyoda arab tili ilm tili, fors-tojik tili adabiyot 
tili,  o‘zbek  tili  esa  oddiy  so‘zlashuv  tili  sifatida  saqlanib  qoldi.  Biroq,  o‘z 
asarlarida  xalq  dardi,  uning  orzu-umidlari,  maqsad  va  intilishlarini  baralla  
kuylagan  Ahmad  Yugnakiy,  Ahmad  Yassaviy,  Xorazmiy,  Sayfi  Saroiy,  Atoiy, 
Gadoiy,  Lutfiy,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur,  Turdi  Farog‘iy,  Boborahim 
Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi shoir va yozuvchilarimizning asarlari eski o‘zbek 
tilining  shakllanishi  hamda  taraqqiy  etishida  munosib  o‘rin  egalladi.  Ular  o‘z 
asarlari  bilan  o‘zbek  tilining  shon-shuhratini  yoyishda,  uni  yangi  taraqqiyot 
bosqichlariga olib chiqishda fidoiy bo‘ldilar.  
Bu  borada  Alisher  Navoiyning  xizmatlarini  hech  narsa  bilan  o‘lchab 
bo‘lmaydi. H. Vamberi ta’biri bilan aytilgan “Amur Temurdan boshlangan haqiqiy 
turklik  davri”ni  Alisher  Navoiy  oxiriga  yetkazdi.  U  o‘zbek  tilining  arab  va  fors-
tojik  tillaridan  qolishmasligini  ilmiy-amaliy  jihatdan  asoslab  berdi.  Uning 
“Hazoyin  ul-maoniy”,  “Xamsa”,  “”Vaqfiya”,  “Tarixi  mulki  Ajam”,  “Muhokamat 
ul-lug‘atayn”,  “Majolis  un-nafoyis”,  “Lison  ut-tayr”,  “Mahbub  ul-qulub”  kabi 


asarlari  eski  o‘zbek  tilida  yaratilgan  va  tilimizning  bebaho  namunalari,  o‘lmas 
xazinasi  sanaladi.  Husayn  Boyqaro  bevosita  uning  ta’sirida  davlat  tili  haqida 
farmon chiqarishga jazm etgan edi. 
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonni istilo qilgan chor Rossiyasi o‘zbek 
tili taraqqiyotining boshqa bir tomonga burilib ketishiga sababchi bo‘ldi.  Abdulla 
Qodiriy,  Abdurauf  Fitrat,  Mahmudxo‘ja  Behbudiy,  Abdulhamid  Cho‘lpon  kabi 
ma’rifatparvar  ijodkorlar  o‘zbek  tilining  yangi  sifat  bosqichiga  ko‘tarilishida 
muhim o‘rin tutdi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida 
ijtimoiy hayotimizda sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar ona tilimiz tarixida o‘chmas iz 
qoldirdi va tilimiz rivojiga ikki xil ta’sir ko‘rsatdi.  
1.  Ijobiy  ta’sir.  O‘zbek  tili  rus  tilining  aralashuvi,  vositachiligida  ilm-fan, 
texnika  tiliga  aylana  bordi.  Rasmiy  ish  yuritish  qog‘ozlarining  qoliplari  o‘zgarib, 
yangicha  shakllar  paydo  bo‘ldi.  Rus  tili  orqali  yevropa  tillaridan  o‘zbek  tiliga 
ko‘plab ruscha-baynalmilal so‘zlar o‘zlashdi. O‘zbek tili o‘z raraqqiyotining yangi 
sifat bosqichiga ko‘tarildi.  
2.  Salbiy  ta’sir.  Uzoq vaqtlar  mobaynida  til sohasida  olib borilgan noto‘g‘ri 
siyosat  tufayli  o‘zbek  tilining  funksional-uslubiy  jihatlariga  putur  yetdi,  ilmiy  va 
rasmiy  uslublarda  undan  deyarli  foydalanilmay  qo‘yildi.  Ayniqsa,  o‘tgan  asrning 
80-yillariga  kelib  bu  holat  eng  yuqori  cho‘qqisiga  ko‘tarildi.  Buning  pirovard 
natijasida  xalq  o‘z  ona  tilisi,  uning  kelajagi    ustida  jiddiy  bosh  qotira  boshladi. 
Mustaqillik uchun kurash til uchun kurashdan boshlandi. O‘zbek tiliga Davlat tili 
maqomi berilishini butun xalq qo‘llab-quvvatladi. Bu kurash va uning olamshumul 
yechimi  buyuk  millatparvar  inson,  ulkan  ma’naviy  jasorat  egasi  Islom  Karimov 
nomi  bilan  bog‘liq.   Sobiq  ittifoq o‘z  o‘rnida  metinday  mustahkam  turgan, qahri 
qilichday o‘tkir bir zamonda – 1989-yilning 21-oktabr kuni “O‘zbek tiliga Davlat 
tili maqomi berish to‘g‘risida” Qonun e’lon qilindi. Bu xalqimizning ulkan tarixiy 
g‘alabasi, olamshumul yutuq edi.  Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. 
– rasmiy ish qog‘ozlarini ona tilimizda yuritish imkoniyatlari ochildi
– ilmiy uslubning rivojida yangi davr boshlandi
– o‘zbek tili dunyo tillari bilan aloqaga kirishdi; 
 muhimi,  milliy  qadriyatlarimiz,  urf-odatlarimiz,  o‘zbekchiligimiz  o‘ziga 
qaytdi. 
Ona  tilimizga  bo‘lgan  munosabat,  ayniqsa,  Mustaqillik  yillarida  tubdan 
o‘zgardi:  DTS  lari  joriy  etildi,  darsliklarning  yangi,  zamonaviy  avlodi  yaratildi, 
ilgarilari tajribada bo‘lmagan “O‘qituvchi kitoblari” muomalaga kiritildi. Bulardan 
ko‘zlangan  bosh  maqsad ona tilida  mustaqil  fikrlaydigan,  ravon so‘zlay  oladigan 
yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. 
Qonun 1995-yilning 21-dekabrida qayta tahrir qilindi. 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling