38-mashq. Matnni o‘qing. O‘lik tillar deganda qanday tillarni
tushunasiz? Shu haqda bahs yuriting.
Insoniyat tarixida iste’moldan chiqib ketgan va va butunlay yo‘qolib ketgan
tillar talaygina. Ularni tilshunoslar ikkiga bo‘lib o‘rganadilar. Yozma nutqqa ega
bo‘lgan “o‘lik tillar” hamda faqat og‘zaki shakli bor “o‘lik tillar”. Og‘zaki
nutqqagina ega bo‘lib, hozirda butunlay yo‘qolib ketgan tillarning son-sanog‘i
yo‘q. Ham yozma, ham og‘zaki nutq shakliga ega, hozirda amalda mavjud
bo‘lmagan qadimiy tillar ham anchagina. Tilshunoslik fanida bunday tillar “o‘lik
tillar” deb ataladi. Bunday tillardan ikkitasi fan olamida juda mashhur. Ulardan biri
Hindistondagi qadimiy sanskrit tili bo‘lsa, ikkinchisi zamonaviy tibbiyot xodimlari
keng iste’foda etadigan lotin tili hisoblanadi. (X.Sa’dullayeva)
39-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan olingan so‘zlarning izohiga
Do'stlaringiz bilan baham: |