40-mashq. Alisher Navoiy qalamiga mansub quyidagi ruboiyni yodlang,
unda ilgari surilgan g‘oya haqida suhbatlashing. O‘zbek adabiy tilining
shakllanishida Alisher Navoiyning xizmatlari haqida gapirib bering.
So‘zdurki nishon berur o‘lukka jondin,
So‘zdurki berur jong‘a xabar jonondin.
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhare sharifroq yo‘q ondin.
41- mashq. Televideniye orqali xalqaro sport musobaqalarini kuzatib
borganmisiz? Ko‘rsatuvlar nima uchun ingliz, rus yoki musobaqa
o‘tkazilayotgan davlat tilida olib boriladi? Kurash bilan bog‘liq sport
musobaqalarida hakamlar tomonidan ishlatilayotgan kurash, chala, yonbosh,
dakki, g‘irrom, raqib, halol kabi o‘zbekcha atamalar sizning qalbingizga
qanday ta’sir qiladi? O‘zbek tili dunyo tillari mavqeiga ega bo‘la oladimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |