Savol va topshiriqlar.
1. Dunyo tillarining qanday til oilalarini bilasiz?
2. Oltoy tillari oilasiga qaysi tillar kiradi?
3. Turkiy tillarga qaysi tillar kiradi? Nima uchun ular o‘zbek tiliga qarindosh
tillar sanaladi?
4. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari haqida gapirib bering.
42-mashq. Uyga vazifa. Alisher Navoiy tilida faol qo‘llangan quyidagi
so‘zlarga diqqat qiling va ularning nima sababdan tilimizda ishlatilmay
qo‘yilganini aniqlashtirishga harakat qilib ko‘ring.
Arig‘ – pokiza, sof; asig‘ – foyda, bahra; bekach – qiz bola; bibak – ko‘z
qorachig‘i; biltak – duduq, tutilib gapiradigan; boyir – qir, tepa, balandlik yer;
boyg‘izi – quruq maqtanchoq, hovliqma; dorimoq – paydo bo‘lmoq, hozir
bo‘lmoq, yo‘liqmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |