Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. ADABIY TILNING OG‘ZAKI VA YOZMA SHAKLLARI
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
7-§. ADABIY TILNING OG‘ZAKI VA YOZMA SHAKLLARI
Reja: 1. Sheva va dialekt haqida ma’lumot. 2. Lahja haqida ma’lumot. 3. O‘zbek adabiy tilining tayanch dialektlari. Tayanch iboralar: og‘zaki nutq, sheva, shevashunos, shevashunoslik, dialekt, dialektologiya, lahja, tayanch dialekt. Topshiriq. Atoqli yozuvchi Abdulla Qahhorning “San’atkor” hikoyasidan olingan parchani o‘qib, adabiy til haqidagi fikrlaringizni bildiring. Artist kulturniy odam – gapni adabiy qilib aytadi – “bo‘lsa, bo‘lmasa” deydi. Pojarni “gugurtni yerga tashlamang” dedi, rejissorimiz esa “gugurtning yerga tashamang” dedi. Qanday chiroylik! Pojarnimi pojarningmi? Shoshma, nima uchun pojarni? Pojarni, albatta! Rejissorimiz juda kulturniy odam. Odam degan mana shunday bo‘lsa, urishsa ham xafa bo‘lmaydi kishi – ikki gapning birida “ta’bir joyiz ko‘rilsa” deb turadi. Bu traktorchi menga shuncha doshnom berib, ko‘ngil uchun bir marta “ta’bir joyiz ko‘rilsa” demadi. Novvoyning non yopish jarayonini kuzatganmisiz? Yoki g‘isht quyuvchining xatti-harakatlaridan xabardormisiz? Ularning har ikkalasi o‘z mahsulotini har tomonlama mukammal va bir xilda sifatli bo‘lishini xohlaydi va buning uchun ular muayyan shakllardan, qoliplardan unumli foydalanadi. Shaklsiz va qolipsiz g‘ishtni, oqib tushgan, qing‘ir-qiyshiq nonni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xuddi ular kabi tilda ham aniq bir qolip, o‘lchov mavjud. Bu qolipni, me’yorni shu tilni asrlar davomida ko‘tarib kelgan oddiy xalq yaratgan. Bu qolip adabiy til shaklidir. Agar me’yor bo‘lmasa, til ham qolipsiz g‘isht va shaklsiz non kabi xunuk va beo‘xshov bo‘lib quyulib qolgan bo‘lardi. Bunday g‘ishtni ishlatib yoki nonni dasturxonga qo‘yib bo‘lmagani singari, qolipsiz til birliklarini ham iste’molda qo‘llab bo‘lmaydi. Shu bois, har bir xalq o‘z tilining tarqalib, buzilib, sochilib ketmasligi uchun aniq bir qolipni – adabiy shaklni yaratgan va asrlar davomida uni mahkam ushlab keladi. Xalq adabiy tilni yaratgandan so‘ng unga mudom sayqal berib, jilo berib, go‘zallashtirib kelgan. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Alisher Navoiyning xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlaridan biri ham shuki, u mislsiz ma’naviy jasorat, azmu shijoat, favqulodda tafakkur bilan eski o‘zbek adabiy tiliga asos solib ketganligi sanaladi. Demak, tilda me’yor (norma) masalasi muhim ahamiyatga ega. Izohli lug‘atda me’yor so‘zi quyidagicha izohlanadi. “Arabcha o‘lchov, asosiy o‘lchov, andoza so‘zlaridan olingan bo‘lib, rasmiylashtirilgan, usus tomonidan qabul qilingan, hamma tomonidan majburiy deb hisoblangan, qonun hukmiga kirgan tartib-qoida”. Shunga asoslanadigan bo‘lsak, adabiy tilga va adbiy nutqqa xos bo‘lgan barqaror til birliklariga me’yor deb qarash joiz bo‘ladi. Me’yor til amaliyotida iste’molchilar tomonidan tanlab olinadi va mustahkamlanib boriladi. Me’yor adabiy til shakllarini keltirib chiqaradi. Grammatik jihatdan shakllangan, ma’lum bir qoliplarga solingan, hamma bo‘yinsunishi majbur bo‘lgan xalq tili shakliga adabiy til deyiladi. Adabiy tilning ikki xil shakli bor. 1. Og‘zaki adabiy til. 2. Yozma adabiy til. Og‘zaki adabiy til yozma adabiy tilga nisbatan qadimiyroq sanaladi. Xalq maqollari va matallari, ertaklar, latifalar, qo‘shiqlar va dostonlar xalq tomonidan yaratilib og‘izdan og‘izga ko‘chib yuradi, asrlar davomida sayqal topib boradi. Adabiy tilning og‘zaki shakli orfoepik me’yorlarga bo‘ysunadi. Og‘zaki adabiy tilni shakllantirish va taraqqiy ettirishda, uning moddiy-material jihatini ta’minlashda fizik-akustik birliklar: nutq tovushlari, urg‘u, ohang, melodika, pauza, tembr, ritm, tepm muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk so‘z san’atkori Abdulla Qahhorning “San’atkor” hikoyasida adabiy tilning og‘zaki shaklidan noo‘rin foydalanish haqida juda chiroyli misol keltiriladi. San’atkor tilidan yoziladi: “Artist kulturniy odam – gapni adabiy qilib aytadi – “bo‘lsa, bo‘lmasa” deydi. Pojarni “gugurtni yerga tashlamang” dedi, rejissorimiz esa “gugurtning yerga tashamang” dedi. Qanday chiroylik! Pojarnimi, pojarningmi? Shoshma, nima uchun pojarni? Pojarni, albatta. Rejissorimiz kulturniy odam. Odam degani mana shunday bo‘lsa, urishsa ham xafa bo‘lmaysan kishi – ikki gapining birida “ta’bir joiz ko‘rilsa” deb turadi. Bu traktorchi menga shuncha doshnom berib, ko‘ngil uchun bir marta “ta’bir joiz ko‘rilsa” demadi.” Hikoyaning davomida san’atkor yana ham o‘zining savodsizligini ko‘rsatib, xizmatkorning “J”ning kattasi qanday yozilar edi?” degan savoliga “Kichigini yozib, qattiqroq o‘qing!” deb javob beradi. Adabiy tilning og‘zaki shakli bebaho ma’naviy xazinalarimiz sanalgan xalq og‘zaki ijodi namunalari: dostonlar, ertaklar, xalq qo‘shiqlari, maqollar, matallar, topishmoqlar, hikmatli so‘zlarni yaratish va avloddan-avlodga og‘izdan-og‘izga o‘tkazish jarayonlari orqali shakllanib, takomil topib kelgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozma shakli amaldagi yozuv tizimiga asoslanadi. Yozuv tizimi esa alifbo, grafika, orfografiya va punktuatsiya qoidalarini o‘z ichiga oladi. Bular optik-grafik vositalar sanaladi. Demak, yozma shakl ko‘rish va o‘qishga asoslanadi. Yozma adabiy tilning vujudga kelishi va shakllanishida shoir hamda yozuvchilarning ijodi katta ahamiyatga ega. Qadimgi turkiy yodgorliklar, M.Qashg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov singari so‘z san’atkorlarining yozma nutqni rivojlantirishda xizmatlari beqiyosdir. Gazeta, jurnal, radio, televideniye, rasmiy ish idoralarining yozma va og‘zaki nutqni takomillashtirishda o‘z o‘rni bor. Ilmiy, badiiy, publitsistik asarlar adabiy tilda yaratiladi. Adabiy til orfografik me’yorlar bilan xarakterlanadi. O‘z nutqida sheva unsurlarini, og‘zaki so‘zlashuvga xos bo‘lgan vulgar so‘zlarni qo‘shmasdan sof va ravon so‘zlovchi insonlar suxandon yoki nuktadon deb e’zozlanadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling