Savol va topshiriqlar.
1. Adabiy tilning og‘zaki shakliga bo‘lgan xos belgilar haqida so‘zlab bering.
2. Adabiy tilning yozma shakli qachon paydo bo‘ladi?
3. Adabiy tilni shakllantirishda kimlar muhim o‘rin tutadi?
36-mashq. Uyga vazifa. Alisher Navoiyning til haqidagi fikrlarini
daftaringizga ko‘chiring va u haqda bahslashishga tayyorgarlik ko‘rib keling.
Til shirin va yoqimli bo‘lsa, yaxshi; til bilan dil bir bo‘lsa yana yaxshi. Til
bilan dil insondagi eng yaxshi a’zolardir. Bo‘stonda gulafsar, gulg‘uncha va
rayhonlar eng yoqimli gullardir. Odam tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir.
Uning tili boshqa odamlardan afzalligida bilinadi. Til shunchaki sharafi bilan
nutqning qurolidir. Agar nutq nomaqbul bo‘lib chiqsa, tilning ofatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |