Djurabayeva Z. A. Ona tili
XIII.Avstaloosiyo tillari oilasi
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIV. Malayya-polinez tillari oilasi.
- XVI. Avstraliya tillari.
- XVIII. Hindu tillari oilasi.
XIII.Avstaloosiyo tillari oilasiga munda, kxmer, palaung, nikobar, vetnam,
kxasi, malakka, nagali tillari kiradi. Bu til vakillari Hindistonning sharqiy va g‘arbiy hududlarida, Kombodja, Vetnam, Bangladesh kabi mamlakatlarda istiqomat qiladi. XIV. Malayya-polinez tillari oilasi. Bu oilaga Indoneziya, Filippin, Plineziya va Yava orollarida istiqomat qiluvchi aholi gaplashuvchi indoneziya, batak, yava, sundan, bali, saddan, tagal, ilokan, bikol, tongo, nauru kabi tillar kiradi. XVI. Avstraliya tillari. Markaziy va Shimoliy Avstraliyada yashovchi tub aholi tillari. Ular ichida eng e’tiborlisi aranta tili sanaladi. XVII. Paleosiy tillari oilasiga shimolda yashovchi xalqlarning chukcha, koryak, itelmen, kerel, eskimos, aleut, ket,nixv, yukagir kabi tillar kiradi. XVIII. Hindu tillari oilasi. Bu oilaga Amerika qit’asining tub aholisi tillari: delevar, yurok, mikmak, foks, kri, potovatomi, guron, dakota, kechua, siu kabi tillar kiradi. Boshqa tillar kabi o‘zbek tili ham olis tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. O‘zbek tili tarixiy jihatdan oltoy tillari oilasining turkiy tillar guruhiga kiradi. Oltoy tili o‘zbek tili uchun bobo til sanaladi. Ona tilimiz uyg‘ur, qirg‘iz, qozoq, boshqird, tatar, qoraqalpoq, gagauz, shor, xakas, usmonli turk singari o‘ttizga yaqin tillar bilan qarindosh sanaladi. Uning tarixini quyidagi taraqqiyot bosqichlariga bo‘lib o‘rganish mumkin. 1. Eng qadimgi turkiy til (VI asrgacha) 2. Qadimgi turkiy adabiy til (VI-X asrlar) 3. Eski turkiy adabiy til (XI-XIV asr ikkinchi yarmigacha) 4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asrning ikkinchi yarmidan XX asrning I choragigacha) 5. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asrning birinchi choragidan bugungi kungacha bo‘lgan davr) O‘zbek tili bugunga kelib milliy adabiy til darajasiga ko‘tarildi. Ko‘rinadiki, o‘zbek tili murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Uning rivojiga turli davrlarda arab, fors-tojik, rus tillari kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Mazkur tillar o‘zbek tilining tovush tizimida, leksikasi va grammatikasida sezilarli o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Ayniqsa, o‘zbek tilining lug‘at jamg‘armasida arabcha, forscha-tojikcha, ruscha-baynalmilal so‘zlar nihoyatda ko‘p uchraydi. Buni xalqimizning hayotida ro‘y bergan tub burilishlar, ijtimoiy- iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda izohlash darkor. Har bir tilning mavqei, jamiyatda tutgan o‘rni uning shu til sohiblari tomonidan qay darajada ishlatilishiga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, o‘zbek tiliga qarash hamma davrlarda turlicha bo‘ldi. Arablar istilosidan so‘ng O‘rta Osiyoda arab tili rasmiy til darajasiga ko‘tarildi. Barcha asardan qaysi yo‘nalishda bo‘lishidan qat’i nazar arab tilida yozildi. Shu bois, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Imom Buxoriy kabi buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, dunyo tamadduniga munosib hissa bo‘lib qo‘shilgan, ilm-fanning turli sohalarida yozilgan bebaho asarlarning barchasi arab tilida yozilgan. X-XIV asrlarda fors-tojik tilining saroy muhitida, rasmiy va adabiyot tili sifatida keng ko‘lamda qo‘llanilishi natijasida turkiy til (eski o‘zbek adabiy tili) rivoji sal sustroq kechdi. Uzoq vaqtlar mobaynida O‘rta Osiyoda arab tili ilm tili, fors-tojik tili adabiyot tili, o‘zbek tili esa oddiy so‘zlashuv tili sifatida saqlanib qoldi. Biroq, o‘z asarlarida xalq dardi, uning orzu-umidlari, maqsad va intilishlarini baralla kuylagan Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Xorazmiy, Sayfi Saroiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Turdi Farog‘iy, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi shoir va yozuvchilarimizning asarlari eski o‘zbek tilining shakllanishi hamda taraqqiy etishida munosib o‘rin egalladi. Ular o‘z asarlari bilan o‘zbek tilining shon-shuhratini yoyishda, uni yangi taraqqiyot bosqichlariga olib chiqishda fidoiy bo‘ldilar. Bu borada Alisher Navoiyning xizmatlarini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi. H. Vamberi ta’biri bilan aytilgan “Amur Temurdan boshlangan haqiqiy turklik davri”ni Alisher Navoiy oxiriga yetkazdi. U o‘zbek tilining arab va fors- tojik tillaridan qolishmasligini ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berdi. Uning “Hazoyin ul-maoniy”, “Xamsa”, “”Vaqfiya”, “Tarixi mulki Ajam”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Majolis un-nafoyis”, “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub” kabi asarlari eski o‘zbek tilida yaratilgan va tilimizning bebaho namunalari, o‘lmas xazinasi sanaladi. Husayn Boyqaro bevosita uning ta’sirida davlat tili haqida farmon chiqarishga jazm etgan edi. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonni istilo qilgan chor Rossiyasi o‘zbek tili taraqqiyotining boshqa bir tomonga burilib ketishiga sababchi bo‘ldi. Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulhamid Cho‘lpon kabi ma’rifatparvar ijodkorlar o‘zbek tilining yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishida muhim o‘rin tutdi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida ijtimoiy hayotimizda sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar ona tilimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi va tilimiz rivojiga ikki xil ta’sir ko‘rsatdi. 1. Ijobiy ta’sir. O‘zbek tili rus tilining aralashuvi, vositachiligida ilm-fan, texnika tiliga aylana bordi. Rasmiy ish yuritish qog‘ozlarining qoliplari o‘zgarib, yangicha shakllar paydo bo‘ldi. Rus tili orqali yevropa tillaridan o‘zbek tiliga ko‘plab ruscha-baynalmilal so‘zlar o‘zlashdi. O‘zbek tili o‘z raraqqiyotining yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. 2. Salbiy ta’sir. Uzoq vaqtlar mobaynida til sohasida olib borilgan noto‘g‘ri siyosat tufayli o‘zbek tilining funksional-uslubiy jihatlariga putur yetdi, ilmiy va rasmiy uslublarda undan deyarli foydalanilmay qo‘yildi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 80-yillariga kelib bu holat eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Buning pirovard natijasida xalq o‘z ona tilisi, uning kelajagi ustida jiddiy bosh qotira boshladi. Mustaqillik uchun kurash til uchun kurashdan boshlandi. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishini butun xalq qo‘llab-quvvatladi. Bu kurash va uning olamshumul yechimi buyuk millatparvar inson, ulkan ma’naviy jasorat egasi Islom Karimov nomi bilan bog‘liq. Sobiq ittifoq o‘z o‘rnida metinday mustahkam turgan, qahri qilichday o‘tkir bir zamonda – 1989-yilning 21-oktabr kuni “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berish to‘g‘risida” Qonun e’lon qilindi. Bu xalqimizning ulkan tarixiy g‘alabasi, olamshumul yutuq edi. Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. – rasmiy ish qog‘ozlarini ona tilimizda yuritish imkoniyatlari ochildi; – ilmiy uslubning rivojida yangi davr boshlandi; – o‘zbek tili dunyo tillari bilan aloqaga kirishdi; muhimi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, o‘zbekchiligimiz o‘ziga qaytdi. Ona tilimizga bo‘lgan munosabat, ayniqsa, Mustaqillik yillarida tubdan o‘zgardi: DTS lari joriy etildi, darsliklarning yangi, zamonaviy avlodi yaratildi, ilgarilari tajribada bo‘lmagan “O‘qituvchi kitoblari” muomalaga kiritildi. Bulardan ko‘zlangan bosh maqsad ona tilida mustaqil fikrlaydigan, ravon so‘zlay oladigan yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Qonun 1995-yilning 21-dekabrida qayta tahrir qilindi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling