I. Hosil bo‘lish o‘rnaiga ko‘ra:
1. Lab undoshlari: a) lab-lab undoshlari: b,p,m; b) lab-tish undoshalri: v,f.
2. Til undoshlari: a) til oldi undoshlari: d, t, z, s, sh, ch, s, j, dj, n, l, r; b) til
o‘rta undoshi: y; v) til orqa undoshlari: g, k, ng; g) chuqur til orqa undoshlari:
q, g‘, x
3. Bo‘g‘iz undoshi: h.
Tilshunoslikda z, s, d, t, s, n, l undoshlari dorsal, r undoshi kakuminal,
y undoshi palatal, q, g‘, x undoshlari uvulyar undoshlar sanaladi.
Darsal undoshlarda til uchining orqa qismi yuqori tillarga tegadi.
Kakuminal undoshlarda tilning uchi ko‘tariladi, r shunday undosh sanaladi.
Bundan tashqari r titroq tovush hamdir. L esa yon tovush sanaladi. Til o‘rtasining
qattiq tanglayga yaqinlashishi natijasida palatal undosh hosil bo‘ladi (y).
Chuqur til orqasida hosil bo‘luvchi undoshlarga esa uvulyar undoshlar
deyiladi (q, x, g‘)
Lab undoshlari b, p, m so‘z boshi, o‘rtasida, oxirida keladi, o‘rin almashadi,
so‘z oxirida kuchsizlanadi.
Masalan: hisob (p), (m) bo‘yin, bora (v) ber...
V tovushining o‘zbek tilida ikki xil varianti bor.
Tovuq, birov, g‘ov so‘zlarni tarkibidagi v lab-lab undoshi sanaladi.
Voiz, barvaqt, vazifa, vagaon, avtobus so‘zlarida lab-tish undoshi sifatida
talaffuz etiladi. Bu holat arab, fors-tojik, rus tillarining ta’sirida paydo bo‘lgan.
F tovushi iffat, familiya, oftob, taassuf kabi o‘zlashma so‘zlar tarkibida ko‘p
uchraydi.
D-t, z-s, dj-sh, ch-s tovushlarida ham turli xil o‘tish, kuchsizlanish holatlarini
ko‘rishimiz mumkin.
Umuman olganda, undosh tovushlarinig hosil bo‘lishida lab, til, tish, tanglay
muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |