Dmxm-3k Normatova Gulnoza


Download 18.48 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi18.48 Kb.
#1005919
TuriReferat
Bog'liq
8-bilet word


DMXM-3k Normatova Gulnoza
8-BILET

1. Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning qanday asosiy tamoyillarini bilasiz?


2. Kurs ishi, ilmiy doklad, referat va boshqa mustaqil ishlarni bajarish, sizningcha, qanday ahamiyatga ega?
3. O‘quvchi-talabalarning mustaqil izlanishida fan to‘garaklarining roli qanday deb o‘ylaysiz? Nima sababdan ixtiyoriylik tamoyiliga alohida diqqat qaratiladi?

Javoblar:


1. Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish” bo‘yicha yo‘riqnomada belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
1.Talabalar mustaqil ishlarini ikki ko‘rinishda – auditoriyada va auditoriyadan tashqarida tashkil etish.
2.Talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya'ni bosqichma-bosqich, oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta'minlash.
3. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi muhim jihatlarga e'tibor qaratish:
- talabaning o‘qish bosqichi;
- muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati, o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasiga;
- talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasiga;
- fanning axborot manbalari bilan ta'minlanganlik darajasiga;
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasiga;
- mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o‘tish bilan shakl va hajm jihatidan o‘zgarib borishiga;
- mustaqil ish fan xususiyati hamda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasiga va qobiliyatiga mos holda tashkil etish.
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalarni bajarishlari lozim:
• yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
• zarur ma'lumotlarni izlab topish uchun qulay usullarni va vositalarni aniqlash;
• axborot manbalaridan samarali foydalanish;
• an'anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda me'yoriy xujjatlar bilan ishlash;
• elektron o‘quv va ilmiy adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ishlash;
• Internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;
• ma'lumotlar bazasini tahlil etish;
• ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;
• topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;
• ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar davrasida himoya qilish.


2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri zamon talablariga javob bera oladigan, har tomonlama yetuk, raqobatbardosh, qo‘yilgan muammoni mustaqil hal qilish layoqatiga ega, o‘z ustida ijodiy ishlab boradigan mutaxassislar tayyorlashdir. Bu xususiyatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda kurs ishi va mustaqil ishni tayyorlash alohida o‘rin tutadi, chunki axborot va bilimlar doirasi jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi kunda hamma ma'lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlarida berib bo‘lmaydi. Qo‘yilgan muammo va vazifalar bo‘yicha ma'lum yechimga kelish hamda uning optimal variantini tanlash uchun kerakli bo‘lgan mustaqil fikrlash ko‘nikmasi mustaqil ijodiy ishlash jarayonida shakllanadi va mustahkamlanib boradi. Yuqori malakali kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri – bu ta'lim sifati va samaradorligini oshirishdir. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda o‘qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o‘yin texnologiyalari, muammoli o‘qitish, xususan, kurs ishi va mustaqil ishning noan'anaviy metodlari ham muhim o‘rin egallaydi. Zamonaviy ta'lim jarayoni bu talabalarga faqat bilim berish, ularda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olingan bilimlardan foydalanish bo‘yicha o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘lmay, balki ularga mustaqil bilimlarni qidirib topish, o‘zlashtirish shakllari, usullari, vositalarini o‘rgatishdan iborat. Magistratura talabalarida mustaqil bilimlarini zamon talabiga moslashtirib borish borish, ma'lumotlar oqimi ichidan kerakligini ajratib olish va ma'lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish qobiliyatlarini shakllantirish, sifatli kadrlar tayyorlash jarayonining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


3. O‘quvchi-talabalar uchun tashkil etiladigan fan to‘garaklari o‘quvchilarning egallagan bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularning ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirishga xizmat qiladi.
To‘garak mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi dastur va darsliklardan tashqari o‘quvchilarni qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va malakalarining oshishiga hamda ularning fan sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirishga va kasb tanlashlariga yordam berishga qaratilgan.
Mustaqil faoliyat muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan hamda talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni amalga oshirishga xizmat qiladi, o‘qituvchi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya yoki auditoriyadan tashqarida bajariladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, mustaqil ish turlari bo‘yicha topshiriqlar ishlab chiqiladi.
Bugun o‘quvchilarga imkoniyatlarimizga qarab bera oladigan axborotlar ular butun tarkibining juda oz qismini va ularning butun hayoti davomida kerak bo‘ladigan axborotning faqat kichik qismini tashkil etadi. Demokratik va iqtisodiy jihatdan sermahsul hayotga o‘quvchilarni qanday qilib yaxshiroq tayyorlashimiz mumkinligi haqidagi eng muhim savol bugungi kun o‘quvchilarining diqqat markazida bo‘lishi zarur. Boshqacha qilib aytganda, o‘quvchilarning asosiy vazifasi qanday qilib o‘quvchilarning samarali o‘qish va mustaqil fikrlashga o‘rganishni o‘zlashtirib olishiga erishish bo‘lmog‘i lozim. Ya'ni o‘quvchilar yangi axborotga duch kelganda, mustaqil tafakkur orqali mushohada yurita olish ko‘nikmasini egallashi kerak. Ilmning barcha sohalarida axborotlar seldek oqib kelayotan xozirgi davrda ular mazkur axborotlardan o‘zlari uchun foydali bo‘lgan jihatlarini ko‘rib chiqib, o‘z tasavvurlariga muvofiq axborot va fikrlarni mustaqil ravishda baholashni o‘rganishlari lozim. Ular yangi fikrlarni har tomonlama ko‘rib chiqa olishlari, mazkur axborotlarning qimmati va aniqligiga doir xulosalar chiqarishlari, o‘z maqsad va talablari asosida fikrlarning umumiy qimmatini belgilay bilishlari lozim.

Download 18.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling