- Chirchiq davlat pedagogika universiteti
- Tabiiy fanlar fakulteti
- Biologiya o’qitish metodikasi
- 19/4 guruh talabasi
- Ilhomova Munisaning
- Biologik kimyo va molekulyar biologiya
- fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
DNK replikatsiyasi Reja: 1. Prokariot organizmlar replikatsiyasi 2. Eukariotlardagi replikatsiya 3. Telomeralar Tayanch so’zlar: replikatsiya, inisiatsiyasi, elongatsiya, terminatsiya, praymer, praymaza, Okazaki fragmentlari, qoloq zanjir Hujayrali organizmlarning genetik rejasi DNK molekulasida nukleotid qatori sifatida yozilgan bo’lib, uning nasldan-naslga bexato o’tishini mazkur molekula o’z-o’zidan ko’payishini ta’minlaydi. DNK-qolipida (matritsasida) ushbu molekulaning ikki martadan ko’payish jarayoni replikatsiya deb ataladi. DNK molekulasidagi irsiy belgilar hujayradan hujayraga va keyingi avlodlarga berilishida uning o’zi xatosiz ko’payishi lozim. Jumladan, ichak tayoqchasining to’liq genomini xatosiz ta’minlanishi uchun 4·106 nukleotid qatoridan iborat bo’lgan genom duplitsirlanishi lozim. Odamning somatik hujayrasidagi genom o’z-o’zidan nusxa olishida 6 mlrd. nukleotid qatori qatnashadi.
Biologik makromolekulalarning matritsali sinteziga DNK replikatsiyasi misol bo’ladi. DNK replikatsiyasi azot asoslarining (purin, pirimidin) komplementar tizimi asosida sodir bo„ladi. Replikatsiya reaksiyasining ketishi uchun bir zanjirli DNK-matritsa, dezoksinukleozidtrifosfatlar, fermentlar, magniy ionlari, oqsil omillari bo’lishi zarur. DNK biosintezining quyidagi ko’rinishida ko’rsatish mumkin. DNK replikatsiyasi yarim konservativ xarakterga ega, ya’ni yangidan hosil bo’lgan DNK molekulasidagi polipeptid zanjirining faqat bittasi sintezlanadi, ikkinchisi esa tayyor holda dastlabki, ona DNKdan o„tadi. Yangi sintezlanayotgan DNK tarkibidagi nukleotidlarning ketmaket joylanishi – qolip sifatida bajarayotgan DNK tomonidan belgilanadi.
DNK replikatsiyasida polimerizatsiya dezoksiribozaning 3'- tomonidan o’sib boradi. Dezoksitrifosfat DNK-matritsasining oxirgi monofosfatli dezoksinukleotidga bog’lanishida
Do'stlaringiz bilan baham: |