Dnk replikatsiyasi Reja: Prokariot organizmlar replikatsiyasi Eukariotlardagi replikatsiya Telomeralar Tayanch so’zlar: replikatsiya, inisiatsiyasi, elongatsiya, terminatsiya, praymer, praymaza, Okazaki fragmentlari, qoqloq zanjir
Download 0.92 Mb.
|
репликация. Илҳомова Муниса 19.4
- Bu sahifa navigatsiya:
- RNK-zatravka
DNK-polimeraza amalga oshirib, pirofosfat ajraladi. Muhitdagi ferment pirofosfataza pirofosfatni monofosfatlargacha ajratib yuborganligi uchun mazkur reaksiya qaytar bo’lmaydi. DNK replikatsiyasining oxirida bir zanjirli molekuladan ikki zanjirli molekula davriy ravishda sintezlanadi. Reaksiyaning xarakterli tomoni shundan iboratki, sintezlanayotgan molekula ona DNK zanjirining aynan o’zidir. DNKning replikatsiyasida ko’p miqdorda oqsil-fermentlar ishtirok etganliklari uchun mazkur tizim murakkab, samarali replikativ harakatdagi jarayon hisoblanadi. DNKning replikatsiyasi 5'→3' tomoniga matritsa asosida DNK polimeraza fermenti ishtirokida sodir bo’ladi.
DNKning sintezlovchi ferment har soniyada 50 ta nukleotid eukariotlarda, bakteriyalarda esa 500 dezoksinukleotidlarni polimerlash xususiyatiga ega. Hujayralarning bo’linishida DNK-matritsadan nusxa olish o’ta aniqlikni talab qiladi. Mazkur jarayonni korreksiya qilish DNK-polimeraza nukleotidlarni komplementarlik tizimi asosida amalga oshiradi. Mobodo, polimerizatsiya jarayonida xatolik yuz bergan bo’lsa replikatsiya to’xtatiladi. DNK zanjiriga komplementarlikka mos kelmagan nukleotid ulangan bo„lsa ferment orqali darhol polimerdan ajratiladi. DNK replikatsiyasidagi xatolik yo’q darajada bo’lib, masalan, ichak tayoqchasidagi DNKning o’z-o’zidan ko’payish davomidagi xatolik 10-9 – 10-10 darajasiga teng. DNK – molekulasining replikatsiyasi uchun ferment DNK-polimeraza va albatta zatravka (tomizg’i) yoki praymer (inglizcha zatravka) zarur ekanligi isbotlangan. DNK replikatsiyasida molekulaning ikkiga ko‘payishi. Replikatsiyaning initsiatsiyasida ribonukleozidtrifosfatlardan tashkil topgan qisqa molekulali RNK-zatravka zarur bo’lib, bu omilni DNK-praymaza fermenti sintezlaydi. Praymaza fermenti hujayralardagi har xil RNKlarning sintezida ishtirok etadi. RNK-praymer sintezlangandan so’ng, DNK-polimeraza replikatsiyani davom ettiradi. Yangi sintezlangan DNK zanjirining oxiri 5'-tomonida ribonukleotidlarni tutadi. Keyinchalik qisqa praymerlar o’rnini DNKning segmentlari egallaydi. DNK molekulasi antipararell bo’lganligi uchun polimeraza fermenti polinukleotid zanjirini faqat bir tomonga 5'→3'ga uzaytirib boradi. Replikativ ayrining harakati davomida polimeraza 5'→3' va 3'→5' tomonlariga bir vaqtda sintez reaksiyasini olib borolmaydi. Demak, DNK molekulasining faqat bitta zanjiri to’liq sintezlanib boradi. Qarama-qarshi tomondagi DNK zanjirida kichik fragmentli (1000-2000 nukleotid qoldiqlari prokariotlarda va 100-200 nukleotid qoldiqlar eukariotlarda) nukleotidlar, ya’ni Okazaki fragmentlari sintezlanadi. Sintezlanayotgan DNK molekulasining to’liq qismini yetakchi, ikkinchisi esa Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling