Dnkni restriksion taxlil qilish


Download 17.6 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi17.6 Kb.
#1181898
Bog'liq
6-amaliy


DNKni restriksion taxlil qilish

Bakteriya va tuban eukariot organizmlar hujayralarida asosiy xromosomadan tashqari,
kichik o’lchamga ega bo’lgan xalqasimon yoki chiziqsimon strukturaga ega bo’lgan qo’shimcha
xromasomalar mavjuddir bu mini-xromosomalar plazmidlar deb ataladi. Plazmid DNKasi ko’pi
bilan 3-10 tagacha genlarni o’zida saqlaydi. Bu genlar, asosan antibiotik yoki zaharli toksinlarni
parchalovchi fermentlarni sinteziga javobgardir. SHu tufayli plazmidlar bakteriya, achitqi va
zamburug’larning antibiotik va zaharli toksinlarga chidamliligini ta’minlaydi.
Plazmidning antibiotik parchalovchi genlari bir plazmiddan ikkinchisiga transpozonlar bilan
birikkan holatda ham ko’chib o’ta oladi. Bu molekulyar jarayon kasal chaqiruvchi
mikroblarning antibiotiklarga chidamliligini nixoyatda oshiradi. Plazmidalar o’z xususiyatiga
ko’ra ikkiga bo’linadi.
Birinchisi transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy
xromosomasining maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinasiya bo’la oladigan plazmidlar.
Bunday rekombinasiyalanuvchi plazmidlar transmissibl, ya’ni nasldan-naslga o’tuvchi
plazmidlar deb ataladi.
Transmissibl plazmid asosiy xromosomaga birikkandan keyin o’z mustaqilligini yo’qotadi.
Asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o’z-o’zini replikasiya qila olmaydi. Ayni paytda
bunday plazmidlarda joylashagan genlar asosiy xromosomada o’z faoliyatini bajaradi. Hujayra
bo’linganda rekombinasiyalanuvchi plazmid genlari asosiy xromosoma genlari birikkan holda
nasldan-naslga beriladi. Ikkinchi toifa plazmidlar avtonom holda replikasiyalanuvchi plazmidlar
deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosamaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan
mustaqil ravishda o’z-o’zini replikasiya yo’li bilan o’nlab va hatto yuzlab marta ko’paytira oladi.
Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug’ bo’linganda qiz hujayralar orasida tasodifiy
ravishda taqsimlanadi. SHu bilan birga avtonom plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra
qobig’i va membranasining teshiklaridan o’ta oladi.
Tabiatda biror mikroorganizm hujayrasiga tashqaridan yot genetik material kirsa, u darhol
hujayra nukleaza fermentlari orqali parchalab tashlanadi.
DNK molekulasini mayda bo’laklarga bo’luvchi fermentlar kesuvchi endonukleazalar yoki
restriktazalar deb ataladi. Har bir restriktaza to’rt yoki ko’proq maxsus nukleotid juftlarni tanib
olib bog’lanadi va DNK molekulasini kesadi. Ayrim restriktazalar DNK qo’sh zanjirini qaychi
singari shartta ikki bo’lakka bo’ladi. Bunday restriktazalarga Alu I, Dra I, Hae III, Hpa I, EcoR
V, Hinc II, Pvu II, Rsa I, Sca I, Sma I va boshqalarini misol qilib keltirish mumkin (5-jadval).
SHu bilan birga qo’sh zanjir DNK molekulasini "yopishqoq" uchlar hosil qilib kesuvchi
restriktazalar ham mavjud (Aat II, Acc III, Apa I, Bam HI, EcoRI, Hind III va boshqalar). Bu
restriktazalar funksiyasi jihatdan transpozazaga o’xshashligi ko’rinib turibdi. SHuning uchun
ham bu restriktazalar hosil qilgan "yopishqoq" uchlardan foydalanib, har xil DNK bo’laklarini
bir - biriga bog’lash osonlashadi. Ana shu xususiyati tufayli bu xil restriktazalar gen
muxandisligida keng qo’llaniladi. Hozirgi kungacha 500 dan ortiq xilma xil restriktazalar toza
holda ajratib olingan va o’rganilgan.
Odatda mikroorganizm irsiy moddasining xromosomasi bir nechta million nukleotid juftlari
izchilligidan iborat. O’simlik yoki hayvon genomi bir necha yuz milliondan to 1 milliardgacha
nukleotid juftlari izchilligidan tuzilgan. Bunday buyuk molekulani yuqorida qayd qilingan
xilma - xil restriksion endonukleazalardan foydalanib ko’plab bo’laklarga bo’lish mumkin.
Endonukleaza ishtirokida parchalangan DNK bo’laklari elektroforez moslamasida maxsus
molekulyar "elak" teshiklaridan yuqori kuchlanishli elektr maydoni ta’sirida molekulaning
zaryadi va o’lchamiga binoan ajratiladi. DNK bo’lagi maxsus bo’yoq bilan bo’yash natijasida
ultrabinafsha nurlari yordamida oddiy ko’z bilan ko’riladi
Download 17.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling