Dnkning kimyoviy tuzilishi


Download 272.77 Kb.
bet2/2
Sana09.06.2023
Hajmi272.77 Kb.
#1467999
1   2
Bog'liq
DNK haqida qo\'llamnma

DNK replikatsiyasi
Xromosomalar biosintezining molekular mexanizmida asosiy o‘rinni DNK replikatsiyasi ya’ni ikkilanishi egallaydi. DNK sintezini,bu jarayon ko‘p hujayrali organizmlarda interfaza bosqichida bo‘lib o‘tadi.DNK molekulasidagi qo‘sh spiral o‘zgarmaydi, shu holatda u o’ziga aynan o'xshash molekulani sintezlaydi. Binobarin ikki DNK molekulasining biri eski, ikkinchisi to‘lig‘icha yangi bo‘ladi.DNK –polimeraza asosida.Dj.Uotson va Ғ.Кrik tomonidan ishlab chiqilgan modelga to‘g‘ri keladi. Bu sxemaga ко‘га, DNK replikatsiyasida purin va pirimidin asoslari o‘rtasidagi vodorod bog‘lar uziladi. Polinukleotid zanjir bir-biridan ajraladi.

RNK va uning sintezi
RNK ham polimer bo‘lib, monomerlari nukleotidlardir. RNK da ham DNK ga o‘xshash azotli asos, uglevod (riboza) va fosfat kislota bor. RNK da uglevodlardan riboza bo‘lib, azotli asoslardan timin uratsil bilan almashgan. RNK molekulasining zanjiri DNKnikiga qaraganda kalta va molekular og‘irligi ham kichikdir. RNK ning uch xili ma’lum:
1) i-RNK — informatsion (axborotli), irsiy axborotni DNK molekulasidan ko‘chirib, uni yadrodan oqsil sintez qilinayotgan joyga (sitoplazmaga) chiqaradi;
2) t-RNK - transport (tashuvchi);oqsil sintezi bo‘layotgan joyga, ya’ni ribosomaga tegishli aminokislotalarni tashib keltiradi;
3) r-RNK — ribosoma RNK si: hujayradagi ribosomalarning tarkibiga kirib, Yuqori tuzilgan organizmlar hujayrasida RNK ning barcha turlari nusxa beruchi (matritsa) hisoblangan DNK dan sintez qilinadi. 1959—1961- yillari olimlar DNK zanjirining bittasidan R N K n i sintez qiluvchi ferment RNK-polimerazani topishdi.

Belgilari

DNK(dezoksiribonuklein kislota)

RNK(ribonuklein kislota)

Hujayrada uchrashi

Yadro,xloroplast,mitoxondriya

Yadro,xloroplast,mitoxondriya,
Ribosoma,sitoplazma

Yadroda uchrashi

Xromosomalarda

Yadrochada

Molekulasining tuzilishi

Qo’sh spiralli polinukleotid

Bir zanjirli polinukleotid

Monomerla( nukleotidlar)

Dezoksiribonukleotid

ribonukleotid

Nukleotid tarkibi

Azot asoslari;(purin,pirimidin)
Uglevod;(dezoksiriboza)
Fosfat kislota qoldig’i

Azot asoslari;(purin,pirimidin)
Uglevod;(riboza)
Fosfat kislota qoldig’i

Nukleotid xillari

Purin –A-G A=T,T=A
Pirimidin –T-S G=S.S=G 3bog’

Purin –A-G A=U
Pirimidin –S-U S=G 3 bog’

Funksiyasi

Oqsil,RNK,DNK sintezi,axborot saqlash

Bir necha xil bo’lib irsiy axborotni yadrodan sitoplazmaga olib boradi.i-RNK,t-RNK,r-RNK

Xususiyati

Reduplikatsiyalanish ega doimiy (ikki xissa ortish)

Ikki xissa ortish xususiyatiga ega emas

Download 272.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling