Dnkning kimyoviy tuzilishi


Download 272.77 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi272.77 Kb.
#1467999
  1   2
Bog'liq
DNK haqida qo\'llamnma


DNKning kimyoviy tuzilishi
F. Misher 1869- yili oq qon huja yra yadrosida nordon xossaga ega bolgan alohida moddani ajratib oldi va uni nuklein deb atadi va nuklein tarkibida fosfor kislotadan tashqari azotli asoslardan purin, pirimidin va undan tashqari 5 atom uglerodi bolgan uglevod (qand) bolishini ko‘rsatdi. 1930- yillarga kelib besh atomli uglerodi bolgan uglevodlarning nuklein kislotasining tuzulishidagi o ‘mi va nuklein kislotasi tarkidagi bir guruh uglevodlarda bitta atom kislorod kam bolishligi aniqlandi. P. Levin shu guruhga kiruvchi uglevodni dezoksiriboza, ikkinchisini esa riboza deb atadi. Shundan keyin nuklein kislotalar dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotali deb ataladi Riboza molekulasida uglerodga OH guruhi, dezoksiriboza esa H atomi boglanadi.DNK va RNK bir-biridan azotli asoslari bilan ham farq qiladi.
DNK molekulasida azotli asoslardan adenin, guanin, sitozin va timinlar boladi. RNK molekulasida esa timin uratsil bilan almashgan. Adenin va guaninni purin, sitozin va timinni pirimidin asoslari deb yuritilgan.Azotli asos va riboza yoki dezoksiriboza birikmasini nukleozid deyiladi.Nukleozidga fosfor kislotasi qoldig’i birlashsa nukleotid hosil bo’ladi.Nukleotidlar bir-biri bilan fosfor kislotasi(fosfodiefir’(kavalent) bog’ orqali birlashib, uzun DNК yoki RNK ipini hosil qiladi. Nuklein kislotalari yuqori molekulali birikmalar bo‘lib, ular tarkibiga juda ko‘p nukleotidlar kiradi.
E. Chorgaff 1950- yili barcha organizmlarning DNK molekulasida adeninning soni timinnikiga, guaninniki esa sitozinning soniga doimo to‘g‘ri kelishligini aniqladi. Demak, purin asoslari bilan pirimidin asoslarining soni teng. Barcha organizmlarda DNK molekulasidagi nukleotidlar o‘xshash, lekin ular soni va qanday tartibda kelishi bilan farq qiladi. DNK molekulasi qanday tuzilganligini aniqlash uzoq yillar davomida muammo bo‘lib keldi. Lekin 1950 –yillarda M. Uilkins DNK molekulasini roentgen nuri yordamida tekshirishdan olingan natijalami murakkab matematik usullar bilan hisoblashlardan keyin DNK molekulasining fazoviy rentgenogram-masini oldi. Keyinchalik, ya’ni 1953- yili amerikalik genetik Dj. Uotson va angliyalik genetik F. Krik rentgen nuri yordamida kimyoviy va matematik usulda olingan DNK to‘g‘risidagi bilimlarini umumlashtirib, uning struktura tuzilishini aniq ko‘rsatuvchi chizmani (modelni) yaratdilar Bu chizma Uotson—Krik nomi bilan ataladigan bo’ldi. Bu chizmaga ko‘ra DNK molekulasi ikkita uzun va ingichka ipdan iborat bo‘lib, bu iplar bir-biriga eshilgan holda bitta o‘q atrofida buralib, aylanma holida joylashadi. Bakteriya hujayrasidagi DNK molekulasining uzunligi 1 sm ga teng bo‘lsa, odam tana hujayrasi DNK molekulasining uzunligi esa 1 m dan oshadi. DNK zanjirini tashkil qilgan ipning har biri polimer bo‘lib, undagi bitta nukleotid ikkinchi nukleotid bilan o‘zlaridagi dezoksiriboza bilan fosfor bog‘i orqali birikadi. Ikkala ip o‘zaro yana azotli asoslar orqali birikkan bo‘ladi. Adenin timin bilan (A-T), guanin esa sitozin bilan (G~S) birikadi. A va T o'rtasida ikkita vodorod bog‘i, G bilan S o ‘rtasida esa uchta vodorod bog‘i bor DNK modelini yaratishda CHargaff kuzatishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Uning kuzatishicha DNK dagi guanin miqdori sitozinga, adeninniki esa timin miqdoriga teng. Boshqacha qilib Chargaff qoidasini
A+G
A=T; G=S yoki --------- = 1 teng deb izohlanadi.
S+T
Bundan ko‘rinib turibdiki, G -S asoslari A -T ga qaraganda o ‘zaro mustahkamroq bog‘langan. Nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 A ga teng. DNK zanjiri o ‘ng tomonga aylanadigan buramni (spiralni) hosil qiladi.
DNK tabiatan biologik polimer hisoblanadi. DNK molekulasi dezoksiribonukleotidlaming monomer yig‘indilarining ketma-ketiigidan tuzilgan. Nukleotid tarkibida geterosiklik azot asoslari (purin yokipirimidinli), uglevod-dezoksiriboza va fosfat kislota qoldig‘i uchraydi.Ko‘pchilik dezoksiribonukleotidlaming tarkibiga purin hosilalari — adenine va guanin, pirimidin hosilalari — sitozin va timin asoslari kiradi. DNK zanjiridagi nukleotidlar o‘rtasidagi bog‘lanish fosfat kislotasining diefir hosilasining qo‘shni dezoksiriboza qoldiqlarining gidroqsillari (З‘va 5) o‘rtadagi boglar hisobiga amalga oshadi.


Download 272.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling