burchini bajarish jarayonida:
1)
bor imkoniyatlar va vositalar yordamida oʻqituvchilar va maktab jamoasi bilan sinfda olib boriladigan oʻquv tarbiyaviy ishlarda hamkorlik qiladi.
2)
oʻquvchilar jamoasini shakllantirish va bu jamoani tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi;
3)
oʻqituvchilar va oʻquvchilarning hamkorligini ta’minlaydi;
4)
oʻqituvchilar, maktab jamoasi va mutaxassislar ishtirokidasinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boradi;
5)
sinfning tashqi olam bilan koʻp tamonlama aloqalarini yoʻlga qoʻyadi va tartibga solib turadi.
Bularning barchasi sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi hisoblanadi. Bu hol sinf rahbarini tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi va oʻquvchilar Ustozi sifatida namoyon qiladi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonidagi sinf rahbari burchining mazmuni ma’naviy tarbiya ishlarini tashkil qilish bilan bogʻliq. Unga koʻra, umumta’lim maktabi oʻquvchilari “kuchli, bilimli, dono va albatta
baxtli yashash ” uchun layoqatli boʻlib voyaga yetishlari kerak. Buning uchun sinf rahbarining hushyorlik , sezgirlik, qatiyatlik va ma’suliyatlik tamoyillariga asosan tarbiyaviy ishlarni yoʻlga qoʻyilishi
taqozo etiladi.
Qachonki tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari oʻz burchini bajarsa, kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu ma’noda boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻz sinfi uchun oʻqituvchi va Ustoz, yuqori sinf
rahbarlari oʻquvchilar uchun Ustoz va oʻqituvchi hisoblanadi. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarda oʻz burchini bajarmasa, sinfda ma’naviy muhit ayniydi, ta’lim samaradorligi susayadi va oʻquvchilarning
ahloqiy rivojlanishiga darz ketadi.
3. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining vazifalari.
Umumta’lim maktablarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar jarayonida keng koʻlamlixususiyatga ega. Lekin ulardan gʻoyaviy, ma’naviy- ahloqiy, jismoniy, estetik, fuqorolik kabi tarbiyaviy ishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |