Добавить заголовок


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1165132
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Добавить заголовок (4)



Denov tadbirkorlik va pedagogika 
instituning Boshlang'ich ta'lim va sport 
tarbiyaviy ishi yo'nalishi sirtqi 4-kurs 
416-guruh talabasi Haydarov 
G

aytarning tayyorlagan 
taqdimoti 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu:Maktab tarbiyaviy ishlar 
tizimida sinf rahbarining 
faoliyati 


Reja: 
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining tutgan 
oʻrni. 
2. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining 
burchlari. 
3. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining vazifalari. 


1. 
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining tutgan oʻrni. 
Umumta’lim maktablarida tarbiya jarayonini oqilona boshqarishasosiy vazifalardan 
hisoblanadi. Bunda sinf rahbari muhim oʻrin tutadi, va uning tarbiyaviy ishlardagi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim 
toʻgʻrisida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Xalq 
ta’limi vaziriligi tamonidan tasdiqlangan “Ichki tartib toʻgʻrisidagi Nizom” kabi bir qator ta’limga 
oid meyoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Sinf rahbarining asosiy funksiyasi oʻziga biriktirilgan sinfda barcha tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, yoʻnaltirish va 
muvofiqlashtirib borishdan iborat. Sinf rahbari oʻz faoliyatida oʻz sinfini va alohida-alohida har qaysi oʻquvchini 
oʻrganishdan boshlaydi. Ma’naviyati boy boʻlgan sinf 
rahbari oʻquvchilar bilan alohida-alohida ishlashni amalga oshirishi, oʻquvchilarga oʻz ta’siri, metodlarini mohirlik bilan 
qoʻllashi kerak. Sinf rahbari koʻrgazmali qurollardan samarali 
foydalanish, oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtlaridan foydalanish va bolalar ijodiy qobiliyatini oʻstirishda, ularni har 
tomonlama kamol toptirishda yordam beradi. U bu 
funksiyani bajarishda oʻquvchilar bilan individual va jamoaviy munosabatga kirishadi. Shu 
ma’noda quyidagi modelga diqqat qiling: 




Bu masalada quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq: 
1. 
Tarbiyaviy ma’suliyatlik. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlar uchun eng ma’sul shaxsdir. Bunda u gʻoyaviy, ma’naviy 
, ahloqiy , jismoniy, estetik 
kabi shakllanishlarga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlarni vijdonan, halol 
va ongli ravishda tashkil qilish kerak. 
2. 
Malakaviy mahoratlik. Sinf rahbari sinfda tashkil qilinadigan tarbiyaviy ishlarni yuksak va mahorat bilan 
yoʻlga qoʻyishi shart. Aks 
holda sinfda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar kutilgan darajada 
kechmaydi. 
3. 
Ijtimoiy javobgarlik. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlar uchun jamiyat va shaxs oldida javobgar hisoblanadi. Chunki 
unga bu faoliyat ishonib 
topshirilgan. 


Zero, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi Ma’suliyat, Malaka, va Javobgarlik bilan belgilanadi. Negaki kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, oʻquvchi koʻp hollarda sinf rahbarini barchadan 
koʻra eng yaqin doʻsti, sirdoshi va maslahatchisi deb biladi. Bunday ishonch sinf rahbaridan tarbiyaviy ishlar jarayonini oqilona tashkil etish va olib borishni tqozo etadi. Shu ma’noda sinf rahbari oʻz 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling