Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi Tushuncha-bu predmetlar va hodisalarni ba’zi bir muhim alomatlariga ko‘ra farqlash yoki umumiylashtirish natijasidir. M asalan, son, miqdor, kesma, to'g'ri chiziq va hokazo. Alomat (belgi) esa predmet yoki hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi, tengligi yoki farqlanishini bildiruvchi xossadir. Predmetlar deganda obyektlar nazarda tutiladi. Odatda, obyektlar ma’lum muhim va muhim bo‘lmagan xossalarga ega. Muhim xossa faqat shu obyektga tegishli va bu xossasiz obyekt m avjud bo‘la olmaydigan xossalarga aytiladi. Obyektning mavjudligiga ta’sir qilm aydigan xossalar muhim bo‘lmagan xossalar hisoblanadi. Bolalarda matematik tasavurlarni shakillantirishda quyidagi uslublardan foydalanish mumkin - 1) tasvirli tushuntirish yoki axborot uslubi; Tasvirli tushuntirish uslubiga tayyor bilimlar va faoliyat uslublarini
- 2) reproduktiv (yodda saqlash, eslash) uslubi; eslash (yodda saqlash) kiradi.
- 3) muammoli ifodalash uslubi; Muammoli ifodalash uslubi esa matematik va aniq bilimlarni yodda
- saqlashni o‘z ichiga oladi.
- 4) qisman izlanish uslubi; Qisman izlanish uslubida fikrlash va yodda saqlash elementlari qo‘shilib keladi.
- 5) izlanish uslubi. Izlanish uslubi esa ijodiy faoliyatni taxmin etadi
Olti yoshli bolalarni maktab ta’limi jarayoniga matematik jihatdan tayyorlash. Bolani maktabga tayyorlash - bu maktabgacha yoshdagi bolada bo'lishi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning butun doirasidir. L.I. Bozovich - "... maktabgacha yoshdagi bolani beparvoligi, tashvishi va mas'uliyati bilan to'la hayot bilan almashtiradi - u maktabga borishi, maktab dasturi bilan belgilanadigan fanlarni o'rganishi, o'qituvchi talab qilgan narsani sinfda bajarishi kerak; u maktab rejimiga qat'iy rioya qilishi, maktabdagi xulq-atvor qoidalariga bo'ysunishi va dastur tomonidan belgilangan bilim va ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirishiga erishishi kerak. "
Do'stlaringiz bilan baham: |