Doim olg‘a qadam tashlang!
Download 15.36 Kb.
|
Doim olg\'a qadam tashlang
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar lug‘ati
Doim olg‘a qadam tashlang! Ma’lumki, o‘sib-ulg‘ayib borgan sari odam tanasi ham o‘zgarib boradi. Shunga muvofiq uning ongi, fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham o‘zgarib, boyib borishi kerak. Agar faqat moddiy narsalarga e’tibor berilsa-yu, ma’naviyatga yetarlicha ahamiyat berilmasa, ruhiy holat izdan chiqadi. Shu sabab odam har kuni nimanidir o‘qib-o‘rganishi va bilimini tinimsiz oshirib borishi kerak. Kecha bilmagan narsamizni bugun o‘rganishimiz, bilganlarimizni yanada mustahkamlab, fikr doiramiz va dunyoqarashimizni kengaytirib borishimiz lozim. Ilm-ma’rifat yo‘lida sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Zero, o‘tayotgan har bir kunimiz hisobli, har kunning o‘z o‘rni bor. Undan unumli foydalanish har bir bolaning o‘z ixtiyorida . Olgan bilimlarimiz ta’sirida dunyoqarashimiz shakllanib, kengayib boradi. Hayot haqida qancha ko‘p bilsak, umr mazmunini, uning tub mohiyatini va yashash tarzini chuqurroq anglay boshlaymiz. Shunday ekan, hurmatli farzandlarim, doimo bilim olish, eng go‘zal odoblar bilan ziynatlanish harakatida bo‘ling. Zero, ilm va odob bilan juda yuksak cho‘qqilarni zabt etish mumkin. Bolalar lug‘ati Olg‘a – oldinga, old tomonga. Ulg‘ayish – balog‘atga yetish, voyaga yetish; rivojlanish, avj olish, kuchayish, ko‘payish. Muvofiq – mos keluvchi, munosib, loyiq, qulay. Dunyoqarash – tushuncha, e’tiqod, nazar, qarash, fikr. Mohiyat – haqiqat, biron narsaning asli, tub-negizi; mazmuni. Yashash tarzi – hayot tarzi, turmush va tirikchilik holati. Cho‘qqi – 1. Tog‘ning eng baland nuqtasi. 2. Yuksak daraja, g‘alaba, yutuq. Zabt etish – egallash, ishg‘ol qilish. Download 15.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling