Doim olg‘a qadam tashlang!


Download 15.36 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi15.36 Kb.
#1173048
Bog'liq
Doim olg\'a qadam tashlang


Doim olg‘a qadam tashlang!
Ma’lumki, o‘sib-ulg‘ayib borgan sari odam tanasi ham o‘zgarib boradi. Shunga muvofiq uning ongi, fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham o‘zgarib, boyib borishi kerak. Agar faqat moddiy narsalarga e’tibor berilsa-yu,
ma’naviyatga yetarlicha ahamiyat berilmasa, ruhiy holat izdan chiqadi. Shu sabab odam har kuni nimanidir o‘qib-o‘rganishi va bilimini tinimsiz
oshirib borishi kerak. Kecha bilmagan narsamizni bugun o‘rganishimiz, bilganlarimizni yanada mustahkamlab, fikr doiramiz va dunyoqarashimizni
kengaytirib borishimiz lozim. Ilm-ma’rifat yo‘lida sustkashlikka yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Zero, o‘tayotgan har bir kunimiz hisobli, har kunning o‘z o‘rni bor. Undan unumli foydalanish har bir bolaning o‘z ixtiyorida . Olgan bilimlarimiz ta’sirida dunyoqarashimiz shakllanib, kengayib boradi. Hayot haqida qancha ko‘p bilsak, umr mazmunini, uning tub mohiyatini va yashash tarzini chuqurroq anglay boshlaymiz. Shunday ekan, hurmatli farzandlarim, doimo bilim olish, eng go‘zal odoblar bilan ziynatlanish harakatida bo‘ling. Zero, ilm va odob bilan juda yuksak cho‘qqilarni zabt etish mumkin.
Bolalar lug‘ati
Olg‘a – oldinga, old tomonga.
Ulg‘ayish – balog‘atga yetish, voyaga yetish; rivojlanish, avj olish,
kuchayish, ko‘payish.
Muvofiq – mos keluvchi, munosib, loyiq, qulay.
Dunyoqarash – tushuncha, e’tiqod, nazar, qarash, fikr.
Mohiyat – haqiqat, biron narsaning asli, tub-negizi; mazmuni.
Yashash tarzi – hayot tarzi, turmush va tirikchilik holati.
Cho‘qqi – 1. Tog‘ning eng baland nuqtasi. 2. Yuksak daraja, g‘alaba, yutuq.
Zabt etish – egallash, ishg‘ol qilish.
Download 15.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling