Doimiy biriktirilgan muftalar. Reja: Umumiy ma`lumot. Doimiy biriktirilgan muftalar
Download 0.78 Mb.
|
1 2
Bog'liqMuftalar
Kulachokli muftalar
Bu muftalar ko`ndalang sirtida ilashish uchun mo’ljallangan tishlari (kulachoklari) bo`lgan ikkita yarim muftadan iborat (11-shakl). Ish jarayonida yarim muftalardan birining tishlari ikkinchisidagi tishlar orasiga kiradi. Yarim muftalardan biri valga ma`lum tig’izlik bilan o`tkaziladi va shponka vositasida mahkamlab qo`yiladi, ikkinchisi esa val o`qi bo`ylab bemalol surila oladigan qilib, yo`naltiruvchi shponka vositasida o`rnatiladi. Bu hol ikkala yarim muftani bir-biriga istalgan vaqtda ulash yoki bir-biridan istalgan vaqtda ajratish imkonini beradi. Buning uchun qo`zg’aluvchan qilib o`rnatilgan yarim mufta maxsus qurilma, vositasida val bo`ylab chapga yoki o`ngga siljitiladi. Yarim muftalardagi tishlarning (kulachoklarning) shakli har xil bo`lishi mumkin. Ulardan ko`proq ishlatiladiganlari 11- shaklda tasvirlangan. Etakchi val goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga aylanadigan bo`lsa, trapesiya shakldagi tishlar ishlatilgani ma`qul. Agar yetakchi valning aylanishi doimo bir tomonga bo`lsa, tishlarning shakli nosimmetrik profilli bo`lgani yaxshi (11- shakl, b). Umuman shuni nazarda tutish kerakki, harakat vaqtida kulachokli muftanni ulash tishlarning sinish xavfini tug’diradi. Shuning uchun muftani val sekin aylanayotganda yoki butunlay to’xtatilganda ulash tavsiya etiladi. Kulachokli muftalarning ishlash muddati, asosan, tishlarning yeyilish darajasiga esa 11 – shakl. Kulachokli mufta ularning sirtlarida hosil bo`ladigan ezuvchi kuchlanish qiymatiga bog’liq ezuvchi _ kuchlanishning taqribiy qiymati quyidagicha aniqlanadi: [σez]=4KMb/zbh(D-D1) ≤[σez] (11) bu yerda z –yarim muftadagi tishlar soni. Bundan tashqari, kulachoklarning eguvchi kuchlanish bo`yicha mustahkamligi ham tekshirib ko`riladi: σeg-Pb/2Weg=KMegb/z(D+D1)Weg ≤[σeg] (12) bu yerda b - kulachokning balandligi; Weg=hδ2/6 –kulachok kesimining qarshilik momenti. Kulachoklar ish sirtining yeyilishga chidamliligini oshirish uchun ular sementitlanadi; bunday muftalarni 15X, 20X markali po`latlardan tayyorlash tavsiya etiladi. Shunday qilinganda, tinch turganda ulanadigan muftalar uchun [σez] = 900÷1200 kG/sm2, sekin aylanayotganda ulanadigan muftalar uchun esa [σez]=500÷700 kG/sm2. bo`ladi. Boshqariladigan ulovchi muftalardan yana bir tishli muftalardir. Bu muftalar ham ikkita yarim muftadan iborat bo`lib, ulardan biri ichki tishli, g’ildirakka o`xshash bo`ladi (172-shakl). 13-shakl. Sinxronizatorning tuzilishi Muftani ulash yoki ajratish uchun yarim muftalardan biri val o`qi bo`ylab suriladi. 14-shakl. Boshqariladigan tishli muftaning tizilishi Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling